Özbekistondagi sudlar faoliyatida suniy intellekt joriy etiladi
25-08-2025, 13:12
211 марта

Özbekistondagi sudlar faoliyatida suniy intellekt joriy etiladi
Özbekistondagi sudlar faoliyatiga suniy intellekt texnologiyalari joriy etiladi. Bu 21 avgust kuni qabul qilingan “Sudlar faoliyatiga suniy intellekt texnologiyalarini joriy etiş orqali odil sudlovga erişiş darajasini oşiriş hamda sud tizimining moddiy-texnik taminotini yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident farmonida belgilangan.Farmonga köra, sudlar faoliyatiga suniy intellekt texnologiyalarini joriy etiş hamda raqamlaştiriş jarayonlarini jadallaştirişning ustuvor maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- sud işlarini yuritişda qoğoz şaklidan voz keçiş maqsadida “Raqamli sud” kontseptsiyasi asosida işlarning yuritilişini bosqiçma-bosqiç töliq elektron şaklga ötkaziş;
- sudlar faoliyatiga suniy intellekt texnologiyalarini joriy etiş uçun zarur texnik infratuzilma yaratiş;
- Oliy sudning axborot tizimlari negizida sud hujjatlari arxivi modulini işlab çiqiş va amaliyotga joriy etiş;
- sudlar faoliyatini raqamlaştiriş böyiça “Kiber huquq” yönalişida ilmiy tadqiqotlar ötkaziş, şuningdek, sudyalar va sud apparati xodimlarining raqamli savodxonligi va malakasini doimiy oşirib boriş.
- sudga ariza berişdan oldin suniy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi hamda sarflanadigan xarajatlar şakllantiriladi;
- murojaatlar sudga elektron şaklda yuboriladi;
- sud hujjatlari loyihalari avtomatik şakllantiriladi.
1 yil davomida QQS tölovçisi sifatida soliq organlarida hisobga qöyiş tartibini buzganlik uçun moliyaviy jarima qöllanilmaydi.