Sud tizimida muhim yangilanişlar böladi
21-08-2025, 23:19
152 марта

Sud tizimida muhim yangilanişlar böladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 21 avgust kuni sud tizimini takomillaştiriş va odil sudlov masalalariga oid taqdimot bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, sönggi yillarda bu soha izçil isloh qilinib, sudlar jazolovçi organdan inson huquqlarini himoya qiluvçi tizimga aylantirilgan.
Jumladan, mamuriy sudlar taşkil etilgan. Maişiy zöravonlikning oldini olişga qaratilgan samarali çoralar körilgan. Oilaviy masalalarga ixtisoslaşgan sudyalar korpusi yaratilgan. Investitsiyaviy nizolar böyiça alohida sudlov tarkibi takşil etilgan.
“Bu kabi islohotlarni fuqarolar öz hayotida sezmoqda, xorijiy ekspertlar muhim qadam sifatida etirof etmoqda.Taqdimotda bu boradagi rejalar va ularni amalga oşiriş çora-tadbirlari muhokama qilindi.
Şu bilan birga, sudlovning oçiqligi va xalqçilligini taminlaş, raqamlaştiriş orqali odamlarga qulaylik yaratiş, yuqori malakali kadrlar tayyorlaş böyiça köp masalalar öz yeçimini kutmoqda”, deyiladi xabarda.
Odil sudlov sohasini raqamlaştiriş maqsadida rivojlangan davlatlarning tajribasi asosida “Raqamli sud” kontseptsiyasi işlab çiqildi va uni izçil amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar belgilandi. Bu korruptsiyaning oldini oliş, fuqarolar va tadbirkorlarga ovoragarçiliksiz odil sudlovga erişiş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Tahlillarga köra, fuqarolik va iqtisodiy sudlarda köriladigan davolarning katta qismi nizosiz işlarga töğri kelmoqda. Şu bois bunday masalalarni mamuriy organlar vakolatiga ötkaziş taklif etilmoqda. Bu fuqarolar va tadbirkorlik subektlari muammolarining qisqa muddatda hal etilişini taminlaydi.
Yana bir qulaylik – mamuriy va iqtisodiy sud işlarini eksterritorial tarzda köriş tartibini joriy etiş. Bugungi raqamli texnologiyalar asrida buning imkoni bor.
Adolat va işonçni taminlaşda sudyalik lavozimining barqarorligi muhim. Şu maqsadda sudyalikka tayinlaş muddatlarini qayta körib çiqiş közda tutilmoqda.
Barça yönalişdagi sudlar böyiça mintaqaviy taftiş sudlarini taşkil etiş, viloyat va unga tenglaştirilgan sudlardagi taftiş instantsiyalarini tugatiş taklifi bildirildi. Bunda viloyat va unga tenglaştirilgan sudlarda faqatgina apellyatsiya va kassatsiya instantsiyasi bölişi, taftiş instantsiyasi esa 5 ta mintaqaviy sudda taşkil etilişi rejalaştirilmoqda.
Yana bir muhim masala – sud tizimi uçun kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştirişdir. Şu maqsadda Sudyalar oliy maktabini isloh etib, uning negizida Odil sudlov akademiyasini taşkil etiş kontseptsiyasi taqdimot qilindi.