USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Oliy talim sifatini oşiriş çoralari körib çiqildi

169 марта
Oliy talim sifatini oşiriş çoralari körib çiqildi 

Prezident Şavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni nodavlat talim xizmatlari tizimini takomillaştiriş, oliy va kasbiy talimda sifatni oşiriş çora-tadbirlari taqdimoti bilan tanişdi.
Iqtisodiyot tarmoqlari rivoji hamda investitsiyaviy muhit, eng avvalo, kadrlar salohiyati bilan çambarças boğliq. Şu bois oliy va kasbiy talim tizimi doimiy takomillaştirib borilmoqda.
Sönggi yillarda talim sohasida xususiy sektorga berilgan imkoniyatlar tufayli 71 ta xususiy oliygoh va 51 ta xususiy texnikum taşkil etilib, ularda 500 ming nafarga yaqin talaba va öquvçilar tahsil olmoqda. Buning natijasida mamlakatda oliy talim bilan qamrov 9 foizdan 42 foizga oşdi.  
Albatta, bugungaça amalga oşirilgan işlar köplab yoşlarning kasbiy va oliy malumot olişiga imkon yaratdi. Ammo, nodavlat talim taşkilotlarining barçasida ham talim sifati birdek taminlanmagan.
Nodavlat talim taşkilotlarida qabul parametrlari, talim dasturlari, öquv jarayonlari hamda ilmiy salohiyatni sifat jihatidan yaxşilaş, ularni zamonaviy mehnat bozori ehtiyojlariga moslaştiriş eng asosiy masalalardan biridir.
Şu bois taqdimotda nodavlat talim xizmatlarini körsatişni tartibga soliş, litsenziyalaş tizimini takomillaştiriş hamda davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş böyiça yangi tizimni joriy etişga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.
Bu borada ilğor xorijiy tajribalar asosida ikki bosqiçli litsenziyalaş tizimiga ötiş, talim dasturlarini maxsus akkreditatsiyadan ötkaziş hamda har beş yilda kompleks davlat akkreditatsiyasini taşkil etiş böyiça takliflar bildirildi.

Şuningdek, taqdimotda rivojlangan davlatlarning eng ilğor tajribasidan kelib çiqqan holda, talim sifatini taşqi baholaş bilan şuğullanuvçi alohida mustaqil tuzilma taşkil etiş hamda sifat nazoratining şaffof, xolis va adolatli tizimini joriy qiliş taşabbusi ham ilgari surildi.

Talim sifatini taminlaş va taşqi baholaşning joriy etilişi kasbiy va oliy talim muassasalarida öqitiş samaradorligi va ilmiy salohiyatni oşirib, ularning xalqaro reytinglardagi örnini yaxşilaşga xizmat qiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: