USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

ITBning 200 mln dollari evaziga qaysi hududlarda maktablar qurilişi malum böldi, röyxatda Xorazm ham bor.

1 040 марта
ITBning 200 mln dollari evaziga qaysi hududlarda maktablar qurilişi malum böldi, röyxatda Xorazm ham bor.


Joriy yil 21 aprel kuni bölib ötgan maktab talimi sifatini oşiriş hamda pedagoglar tayyorlaş tizimini takomillaştirişga oid taqdimotda Prezident Şavkat Mirziyoyev ayni paytda mamlakatda 2 mingta maktab yuqori yuklama bilan işlayotgani, şu bois Islom taraqqiyot banki (ITB)dan 200 million dollar jalb etilib, hududlarda 58 ta zamonaviy maktab qurilişi rejalaştirilgani haqida töxtalgan edi.

Davlat rahbarining 28 apreldagi PQ-152-sonli qaroriga köra, Islom taraqqiyot banki, Rivojlaniş uçun islom birdamlik jamğarmasi va Talim böyiça global hamkorlik taşkiloti iştirokida amalga oşirilayotgan «Özbekiston Respublikasida talim sifati va samaradorligini oşiriş» loyihasi doirasida inklyuziv talim imkoniyatlariga ega 58 ta maktab quriladi va jihozlanadi.

Jumladan:

30 ta — 1 650 örinli;
16 ta — 990 örinli;
11 ta — 660 örinli;
1 ta — 330 örinli zamonaviy umumtalim maktabi.

Xususan, pedagog kadrlarni malakasini oşiriş, maktab talimida inklyuziv talim joriy etiş, davlat talim standartlari va öquv dasturlarini xalqaro talablarga muvofiqlaştiriş, xalqaro talablar va yondaşuvlar asosida malaka oşirişning «aralaş öqitiş» modeli joriy etiladi.
 Qayd etilişiça, natijada:
72 ming nafardan ortiq yangi öquv örinlari yaratiladi;
500 nafardan ortiq nogironligi bor öquvçilar uçun inklyuziv talim şaroitlari yaratiladi;
36 ming nafar pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanişi taminlanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: