Islom Karimov qurgan Hazrati Imom restavratsi qilinadi
16-04-2025, 22:50
297 марта

Islom Karimov qurgan Hazrati Imom restavratsiya qilinadi
Toşkent şahridagi Hazrati Imom (Hastimom) majmuasi tarkibiga kiruvçi bir qator tarixiy obidalar restavratsiya qilinadi. Bu haqda Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy ekspert kengaşining joriy yilning 9 aprel kuni bölib ötgan navbatdan taşqari yiğilişida malum qilindi.
Qayd etilişiça, Zarqaynar köçasida joylaşgan Abu Bakr Kaffol Şoşiy maqbarasi, Baroqxon va Möyi Muborak madrasalari, Namozgoh va Tillaşayx masjidlari böyiça taqdim etilgan restavratsiya loyihalari kengaş azolari tomonidan körib çiqilib, bir ovozdan maqullangan.
Qöşimça qilinişiça, loyihalarda yodgorliklarga ziyon yetkazilmasligi kafolatlanişi va devor tagi töşamasi maxsus obi ğişt – 250×250×50 ölçamdagi xumdonda pişirilgan musulmon ğiştidan foydalaniş şarti bilan tasdiqlangan.
Mazkur işlar böyiça ijro va nazorat Madaniy meros agentligining Toşkent şahar boşqarmasi va “Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasiga yuklatilgan.
Şuningdek, Navoiy viloyatidagi Qiziltepa tarixiy muzeyini tamirlaş va Andijon viloyatining Xöjaobod tumanida joylaşgan Manak ota ziyoratgohida maqbara hamda yordamçi binolar quriş loyihalari ham kengaş tomonidan maqullangan.
Malumot uçun, Hazrati Imom majmuasiga dastlab Özbekistonning Birinçi prezidenti Islom Karimov alohida etibor qaratgan. Xususan, 2007 yil boşida Islom Karimov farmoni bilan Hazrati Imom jamoatçilik jamğarmasi taşkil etilib, Hazrati Imom majmuasining tarixiy qiyofasini qayta tiklaş maqsadida quriliş, tamirlaş va obodonçilik işlari olib borilgan. Majmua öz içiga Möyi Muborak madrasasi, Qaffol Şoşiy maqbarasi, Baroqxon madrasasi, Hazrati Imom jome masjidi, Tillaşayx masjidi va Imom al-Buxoriy Islom institutini qamrab olgan. Qolaversa, majmua qayta tiklangan yili talim, fan va madaniyat böyiça Islom taşkiloti (ISESCO) poytaxtni “Toşkent – islom madaniyati poytaxti”, deb elon qilgan.