USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda “superkompyuter klasteri” taşkil etilmoqda

182 марта

Özbekistonda “superkompyuter klasteri” taşkil etilmoqda


Özbekistonda hozirda suniy intellektni qöllaş uçun zarur hisoblaş imkoniyatlarini yaratiş maqsadida “superkompyuter klasteri”ni taşkil etiş işlari jadal olib borilmoqda. Bu haqda bugun, 6 oktyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan mamlakatda suniy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş hamda ularni iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarga keng joriy etiş yuzasidan taqdimotda söz boradi.



Malumki, bugungi kunda dunyoda suniy intellekt texnologiyalari iqtisodiyot, talim, soğliqni saqlaş, xavfsizlik va boşqa muhim yönalişlarda asosiy vositalardan biriga aylanmoqda. Suniy intellekt texnologiyalari davlat boşqaruvida samaradorlikni oşiriş, resurslardan tejamkor foydalaniş, aholiga körsatiladigan xizmatlar sifatini yaxşilaşga xizmat qiladi. Sönggi yillarda Özbekistonda ham bu sohada tizimli islohotlar amalga oşirilib, mamlakat suniy intellektni tatbiq etiş böyiça xalqaro reytingda 17 poğona yuqoriladi. Hozirda Özbekiston 188 davlat içida 70-örinni, Markaziy Osiyo böyiça esa birinçi örinni egallab turibdi.
Prezidentning takidlaşiça, bu natijalar sohada qöyilgan ilk qadamlar samarasidir, ammo oldinda hali köp iş turibdi. Şu maqsadda ötgan yili 2030 yilgaça möljallangan Suniy intellektni rivojlantiriş strategiyasi qabul qilingan va Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida maxsus markaz taşkil etilgan.

Taqdimotda sohani rivojlantirişning ustuvor yönalişlari körib çiqildi. Iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda suniy intellekt loyihalarini joriy etiş maqsadida 50 million dollar mablağ ajratilgan. Soğliqni saqlaş, talim, qişloq xöjaligi, energetika, transport, ekologiya va moliya sohalarini qamrab olgan 86 ta loyiha şakllantirilgan. Hozirda suniy intellektni qöllaş uçun zarur hisoblaş imkoniyatlarini yaratiş maqsadida “superkompyuter klasteri”ni taşkil etiş işlari jadal olib borilmoqda.

“Suniy intellektni tezroq rivojlantiriş uçun doimiy ravişda ilğor, özini oqlagan xorijiy va mahalliy tajribalarni örganib boriş zarur. Buning uçun sohada samarali faoliyat yuritayotgan vatandoşlarimiz, xorijiy ekspertlar va xususiy sektor bilan yaqin hamkorlikni yölga qöyiş kerak”, dedi davlat rahbari.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: