Xorijdagi talabalarni iş beruvçilar bilan boğlovçi platforma işga tuşiriladi
Xorijning nufuzli oliygohlarida tahsil olayotgan özbekistonlik talabalarni mahalliy iş beruvçilar bilan boğlaydigan raqamli muloqot platformasi bir oy içida işga tuşiriladi. Bu haqda bugun, 30 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev yoşlar bilan uçraşuvda malum qildi.
Qayd etilişiça, hozirda 14 mingdan ortiq özbekistonlik yigit-qiz AQŞ, Yevropa, Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreyaning yetakçi oliy talim muassasalarida tahsil olmoqda.
Yangi platforma orqali xorijda öqiyotgan talabalar tatil davrida Özbekistondagi vazirliklar, hokimliklar, davlat taşkilotlari hamda xususiy kompaniyalarda amaliyot va stajirovka ötaş imkoniyatiga ega böladi.
Şuningdek, Prezident “El-yurt umidi” jamğarmasi hisobidan har yili qariyb 700 nafar iqtidorli yoş dunyoning eng nufuzli oliygohlariga öqişga yuborilayotganini qayd etgan.
“Biz islohotlarimizning ilk bosqiçida iqtidorli yoşlarimizni asosan davlat taşkilotlarida işlab beriş şarti bilan çet elda öqişga yubordik. Xususiy sektorda ham bunday kadrlarga ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda. Endi yoşlarimiz xususiy sektor buyurtmasi asosida ham “El-yurt umidi” jamğarmasi orqali nufuzli xorijiy oliygohlarda öqişi mumkin böladi”, deydi Prezident Şavkat Mirziyoyev.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda yoşlarga maxsus ball beriladigan “Özbekiston yoşlar ligasi” platformasi işga tuşirilişi haqida xabar berilgan edi.