Bitiruvçilarni işga olgan tadbirkorlarga soliq imtiyozi beriladi
Özbekistonda oliygoh bitiruvçisini işga olgan tadbirkorga yoş mutaxassis uçun daromad va ijtimoiy soliq bir yil içida 1 foiz etib belgilanadi. Bu haqda bugun, 30 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev yoşlar bilan uçraşuv çoğida elon qildi.
Şuningdek, bugungi kunda ijtimoiy reyestrga kirmagan, biroq ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan, harbiy xizmatni ötab qaytgan, mehnat migratsiyasidan qaytgan, jazoni ötab çiqqan hamda nogironligi bölgan yana 1 million nafar yoş borligi takidlangan. Ularni qöllab-quvvatlaş maqsadida “Kafolatlangan birinçi qadam” paketi joriy etiladi.
Mazkur paket doirasida “ustoz–talaba” dasturi asosida uyuşmagan yoşlarni öqitib, ularning oliygohlarga kirişiga kömaklaşgan talabalarga magistraturaga kirişda qöşimça ball beriladi hamda davlat stipendiyalarini olişda ustuvorlik yaratiladi.
Prezident savdo, xizmat körsatiş va işlab çiqariş sohalarida öz brendini yaratgan yoş tadbirkorlarni tengdoşlariga biznes yuritişni örgatişga çaqirgan. Şu maqsadda “Yoşlar mini-franşizasi” dasturi işga tuşiriladi.
Dastur doirasida faoliyatini kengaytirayotgan yoş tadbirkorlarga imtiyozli şartlarda yer uçastkalari va kreditlar ajratiladi. Mahalliy brendlar franşizasini oladigan yigit-qizlarga esa Yoşlar tadbirkorligi jamğarmasi hisobidan 300 million sömgaça foizsiz ssuda beriladi.
Uşbu dasturlarni moliyalaştiriş uçun 500 milliard söm yönaltirilişi malum qilindi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda kasb örganuvçi yoşlar uçun foizsiz ssuda şaklida “kasb vauçeri” berilişi haqida xabar berilgan edi.