Saida Mirziyoyeva UNESCO boş direktori bilan uçraşdi
Bugun, 30 iyun kuni Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva UNESCO boş direktori Holid al-Ananiy bilan uçraşdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida malum qildi.
Uning bildirişiça, uçraşuvda Samarqandda bölib ötgan Boş konferentsiyaning 43-sessiyasida erişilgan kelişuvlarning amaldagi ijrosi muhokama qilingan.

“Inson kapitali, suniy intellekt va kreativ industriyalarni rivojlantiriş, xotin-qizlar yetakçiligini qöllab-quvvatlaş hamda madaniy asrab-avaylaş masalalariga alohida etibor qaratdik”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Prezident Administratsiyasi rahbariga köra, UNESCO boş qarorgohidagi har bir uçraşuv strategik hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçadi.
Eslatib ötamiz, Samarqand şahrida 2025 yil 30 oktyabrdan 13 noyabrgaça BMTning Talim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti (UNESCO) Boş konferentsiyasining qirq uçinçi sessiyasi bölib ötgan edi.