Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST rahbari bilan uçraşdi
21-04-2026, 12:53
75 марта

Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST rahbari bilan uçraşdi
Bugun, 21 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva narkotahdidlarga qarşi kuraşiş böyiça Samarqandda ötkazilayotgan xalqaro forum doirasida Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti Boş direktori Tedros Adanom Gebreisus bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.Malum qilinişiça, muloqotda Özbekiston va JSST örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqilgan. Xususan, Özbekistonning soğliqni saqlaş tizimida olib borilayotgan islohotlar, raqamli tibbiyot samaradorligini oşiriş, farmatsevtika bozorini tartibga solişni takomillaştiriş hamda mintaqaviy aloqalarni kengaytirişga etibor qaratilgan.
Uçraşuv davomida giyohvandlikka çalinganlarni davolaş va reabilitatsiya qiliş yönalişida Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti bilan hamkorlikni mustahkamlaş masalalariga alohida töxtalib ötilgan.
Malumot uçun, 20-21 aprel kunlari Samarqand şahrida BMT Narkotiklar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi bilan hamkorlikda “Transmilliy narkotahdidlarga qarşi kuraşiş: salomatlik, xavfsizlik va barqaror rivojlaniş” mavzusida global forum bölib ötmoqda.