Birinçi xonim Mirziyoyeva JSST rahbari bilan uçraşdi
25-09-2025, 13:57
193 марта

Birinçi xonim Mirziyoyeva JSST rahbari bilan uçraşdi
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning rafiqasi, “Zamin” fondi Vasiylik kengaşi raisi Ziroatxon Mirziyoyeva Nyu-York şahridagi Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi doirasida Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Boş direktori, doktor Tedros Adanom Gebreisus bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda “Zamin” xalqaro jamoat fondi xabar berdi.Mirziyoyeva JSST rahbariga taşkilotning dunyoda tibbiyot va soğliqni saqlaşni rivojlantirişga qöşayotgan ulkan hissasi, Özbekiston bolalari saratonga qarşi dori vositalaridan foydalanişini taminlaş böyiça global platformani qöllab-quvvatlagani va kengaytirgani uçun minnatdorlik bildirgan.

Tomonlar hamkorlikni yanada faollaştirişga, xususan, bolalar saratonini erta aniqlaş, diagnostika va davolaşning zamonaviy usullarini joriy etiş, onkologiya va gematologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlaş, şuningdek, bolalar va ularning oilalariga reabilitatsiya va ruhiy-ijtimoiy yordam körsatiş imkoniyatlarini kengaytirişga tayyor ekanligini takidlagan.
JSST rahbari Özbekistonning soğliqni saqlaş sohasidagi işlariga hamda muhim ijtimoiy va ekologik loyihalarni amalga oşirayotgan “Zamin” fondi faoliyatiga yuksak baho bergan.