USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev bir guruh yoşlarga davlat mukofotlarini topşirdi

120 марта
Шавкат Мирзиёев бир гуруҳ ёшларга давлат мукофотларини топширди

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 29 iyundagi farmoni va qaroriga muvofiq, öz bilimi, istedodi, taşabbuskorligi va fidoyiligi bilan Yangi Özbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qöşayotgan bir guruh yoşlar “Kelajak bunyodkori” medali va“Mard öğlon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi. Bugun, 30 iyun – Yoşlar kunida Toşkentdagi Olimpiya şaharçasida ana şu mukofotlarni topşiriş marosimi böldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari mamlakat yoşlarining har birida katta salohiyat, istedod va iqtidor borligini qayd etgan.

“Sizlar öz davrida buyuk kaşfiyotlari bilan dunyo tsivilizatsiyasiga ulkan hissa qöşgan, Birinçi va Ikkinçi Renessansning “aql çiroği” bölgan buyuk ajdodlarimizning munosib vorislarisiz. Albatta, vorislik faqat faxrlaniş emas, vorislik bu ulkan masuliyat hamdir!

Ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyoti uçun qanday buyuk işlar qilgan bölsa, sizlar Yangi Özbekistonda yangi uyğoniş davri – Uçinçi Renessans poydevorini yaratadigan kuç bölişingiz kerak!” deydi Şavkat Mirziyoyev.

Şundan söng Prezident yoşlarga davlat mukofotlarini topşirgan.

“Butun xalqimiz nomidan bugungi davlat mukofotlari sohiblarini yana bir bor tabriklayman. Mazkur yuksak etirof sizlarni yangi marralar sari yetaklasin! Safingiz yanada kengayaversin!” deydi Özbekiston yetakçisi.

Mukofotlangan yoşlar davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar uçun minnatdorlik bildirib, bundan buyon ham öz bilimi, mehnati va taşabbuslari bilan mamlakat ravnaqiga munosib hissa qöşişga tayyor ekanini takidlagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: