XORAZM IFTIXORI | Usmanbay Rözimmatoviç — Futbol taraqqiyotiga munosib hissa uçun faxriy mukofot!
11-12-2025, 13:25
365 марта
XORAZM IFTIXORI | Usmanbay Rözimmatoviç — Futbol taraqqiyotiga munosib hissa uçun faxriy mukofot!Özbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qömitasining Xorazm viloyati bölinmasi ijroçi direktori Jumagaldiyev Usmanbay Rözimmatoviç “Özbekiston futboli rivojiga qöşgan hissasi uçun” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Uşbu yuksak faxriy mukofot Özbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan taqdim etildi va uni Xorazm viloyati hokimi tantanali ravişda topşirdi.
Usmanbay Rözimmatoviç Xorazmda futbolni ommalaştiriş, sport infratuzilmasini rivojlantiriş, yoş avlodni sportga keng jalb etiş, mahalliy musobaqalarni qöllab-quvvatlaş kabi sohalardagi fidoyiligi bilan mamlakat futbolining taraqqiyotiga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Xususan, viloyatda futbol böyiça yoşlar tayyorlovi, bolalar sport maktablari bilan hamkorlik, iqtidorli sportçilarni qöllab-quvvatlaş va yangi taşabbuslarni amalga oşirişda Usmanbay Rözimmatoviçning xizmatlari katta etirofga sazovor.
Şu munosabat bilan Usmanbay Rözimmatoviçni çin qalbdan muborakbod etamiz. Kelgusida ham uning faoliyatida yangi yutuqlar, ilğor ğoyalar va bardavom muvaffaqiyatlar hamişa hamroh bölişini tilaymiz.
Xorazm öz fidoyi sport rahbarlari bilan faxrlanadi!
