USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston va Gruziya Prezidentlari muzokara ötkazdi

64 марта
Ўзбекистон ва Грузия Президентлари музокара ўтказди

Bugun, 2 iyul kuni Gruziyaga davlat taşrifi doirasida Tbilisi şahridagi Orbeliani saroyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Gruziya Prezidenti Mixail Kavelaşvilining muzokaralari bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Özbekiston – Gruziya köp qirrali munosabatlarini yanada kengaytiriş masalalari körib çiqilgan.

Davlat rahbari Gruziya Prezidentiga samimiy mehmondöstlik uçun minnatdorlik bildirib, uşbu mamlakatga davlat taşrifi sönggi 23 yilda ilk bor amalga oşirilayotganini alohida takidlagan.

Parlamentlar, hukumatlar va işbilarmon doiralar örtasidagi aloqalar faollaşgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Ötgan yil yakunlariga köra, tovar ayirboşlaş hajmi 270 million dollarga yetgan, qöşma loyiha va korxonalar soni ortib bormoqda. Özbekistonda Gruziyaning birinçi raqamli banki – “TBC” muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Toşkent bilan Tbilisi va Batumi şaharlari örtasida töğridan töğri aviaqatnovlar amalga oşirilmoqda. Joriy yilning mart oyida Özbekiston poytaxtida Gruziya madaniyati kunlari muvaffaqiyatli ötkazilgan.

Özaro savdo hajmini, jumladan, Poti va Batumi portlari salohiyatidan samarali foydalaniş orqali yanada oşiriş masalalariga ustuvor etibor qaratilgan.

Farmatsevtika, kimyo sanoati, qişloq xöjaligi, transport, energetika, raqamli texnologiyalar va turizm sohalarida kooperatsiyani rivojlantiriş uçun imkoniyatlar mavjudligi körsatib ötilgan.

Işbilarmonlik, turistik va gumanitar almaşinuvlarni yölga qöyiş uçun hududlar örtasidagi aloqalarni kengaytiriş muhimligi takidlangan.

Uçraşuv yakunida Şavkat Mirziyoyev Mixail Kavelaşvilini Özbekistonga taşrif bilan kelişga taklif etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tbilisi şahrida Gruziya Prezidentining qarorgohi – Orbeliani saroyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: