Şavkat Mirziyoyevga Gruziyaning oliy davlat mukofoti berildi
Bugun, 2 iyul kuni Tbilisi şahridagi tadbirlar doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin möyna” ordeni bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Özbekiston – Gruziya köp qirrali munosabatlarini rivojlantirişga qöşgan ulkan hissasi uçun davlat rahbariga uşbu mukofotni Gruziya Prezidenti Mixail Kavelaşvili topşirgan.

Özbekiston yetakçisi Gruziya Prezidenti Mixail Kavelaşvili, Boş vaziri Irakliy Kobaxidze hamda Parlament raisi Şalva Papuaşviliga yuksak mukofot uçun minnatdorlik bildirib, döst Gruziya xalqiga tinçlik, farovonlik va ravnaq tilagan.

Malumot uçun, 1998 yilda tasis etilgan “Oltin möyna” ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri bölib, xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlaş hamda gruzin madaniyati, ilm-fani va sanatini tarğib etiş borasidagi alohida xizmatlar uçun beriladi.

Ordenning nomi Oltin möyna haqidagi qadimgi yunon afsonasi hamda hozirgi Gruziya hududida joylaşgan tarixiy ölka – Kolxida bilan boğliq.

Turli yillarda mazkur yuksak mukofot bilan Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II, Iordaniya podşohi Abdulla II, Germaniya kantsleri Gerxard Şryoder, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan, Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev va boşqalar taqdirlangan.
Şuningdek, Özbekiston rahbari Orbeliani saroyining Faxriy mehmonlar kitobiga samimiy tilaklarini yozib qoldirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tbilisi şahrida Gruziya Prezidentining qarorgohi – Orbeliani saroyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötgani haqida xabar berilgan edi. Şuningdek, Gruziyaga davlat taşrifi doirasida Tbilisi şahridagi Orbeliani saroyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Gruziya Prezidenti Mixail Kavelaşvilining muzokaralari bölib ötdi.