Prezident Sergelida mahalla faollari bilan gaplaşdi
Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 4 iyul kuni Sergeli tumanining “Ittifoq” mahallasidagi Yangi Sergeli köçasida amalga oşirilgan işlar hamda savdo va xizmat körsatiş obektlari faoliyati bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, turizm va xizmat körsatiş sohasi kam xarajat bilan köp iş örni yaratiş, aholi daromadini oşiriş va hududlar qiyofasini yaxşilaşda muhim ahamiyatga ega.
Malum qilinişiça, Yangi Sergeli köçasida taşkil etilgan 24/7 rejimida işlaydigan turizm, savdo va xizmat körsatiş obektlari aholiga qulay şaroit yaratiş, tadbirkorlikni rivojlantiriş va yangi iş örinlari oçişga xizmat qilmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 18,7 milliard sömni taşkil etadi. Köçaning 2,1 kilometr qismining infratuzilmasi töliq yaxşilanib, savdo, umumiy ovqatlaniş va köngiloçar xizmatlarni öz içiga olgan kunu tun faoliyat yuritadigan hududga aylantirilgan.
Aholi dam olişi va soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş maqsadida 10 dan ortiq bolalar maydonçasi, 8 ta vorkaut zonasi, kitob dökoni hamda nuroniylar maskani taşkil etilgan.
Malumotlarga köra, hudud atrofidagi 4 ta mahallada 21 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Yangi Sergeli köçasidan kuniga örtaça 15-20 mingta avtotransport vositasi harakatlanadi. Bildirilişiça, loyiha töliq işga tuşgaç, yiliga 1,2 milliondan ortiq taşrif buyuruvçiga xizmat körsatiş imkoniyati yaratiladi.
Takidlanişiça, mazkur loyiha doirasida 250 dan ortiq yangi iş örni oçilgan. 95 ta mavjud tadbirkorlik subektining faoliyati kengaytirilib, 22 ta yangi tadbirkorlik subekti taşkil etilgan.
Davlat rahbari mahalla böylab yurib, milliy memoriy uslubda tamirlangan xonadonlar, obodonlaştirilgan köçalar va aholi uçun yaratilgan qulayliklar bilan tanişgan. Mahalla faollari va fuqarolar bilan samimiy muloqot qilgan.
Qayd etilişiça, Prezident amalga oşirilayotgan işlar aholi turmuş darajasi va farovonligiga qanday tasir körsatayotgani bilan qiziqqan. Mahalla faollari bu özgarişlar aholi kayfiyatiga, turmuş tarzi va daromadiga ijobiy tasir körsatayotganini, hududning qiyofasi ham, odamlarning ertangi kunga işonçi ham özgarayotganini takidlagan.