Sergelida aholi soni 30 foiz köproq ekani malum böldi
Aholini röyxatga oliş natijalariga köra, Toşkent şahrining Sergeli tumanida aholi soni avval hisoblanganidek 181 ming nafar emas, 236 mingga yaqin ekani malum böldi. Bu haqda bugun, 4 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan Toşkent şahri, xususan, Sergeli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş va mahallalarda xavfsiz muhit yaratiş masalalari yuzasidan videoselektor yiğilişida söz bordi.
Qayd etilişiça, aholini xatlovdan ötkaziş böyiça dastlabki natijalar Sergeli tumanida real vaziyatni aniq körsatgan. Ilgari tuman aholisi 181 ming nafar deb yuritilgan bölsa, xatlov natijasiga köra, hududda aslida 236 mingga yaqin aholi yaşayotgani malum bölgan.
Yaqin yillarda Sergeli aholisi 300 ming nafardan ortişi kutilmoqda. Şu bois, rahbarlarda uy-joy, boğça, maktab, poliklinika va iş örinlarini aholi ösişiga mos ravişda köpaytiriş böyiça hozirdan aniq reja va dastur bölişi zarurligi takidlangan.
Bu yil Sergelini rivojlantiriş uçun byudjetdan 173 milliard söm, banklar orqali 2 trillion 200 milliard söm resurs ajratilgan. Tuman hokimi va mutasaddilarga uşbu mablağlarni samarali işlatib, qöşilgan qiymatni 2-3 karra oşiriş böyiça rejalarni amalga oşiriş vazifasi qöyilgan.
Joriy yil tuman hokimlari jami 9 milliard dollarlik investitsiyaviy loyihalarni amalga oşirişi belgilangan. Sergelining öziga ötgan beş oyda 236 million dollar investitsiya kiritilgan. Yil yakunigaça 60 ta loyihani boşlaş hisobidan yana 750 million dollar investitsiya jalb qiliş rejalaştirilgan.
Poytaxt şaroitida sanoat loyihalarini joylaştirişda yer masalasi eng katta muammo ekani körsatib ötilgan. Şu bois, “Yangi avlod” sanoat zonasidan poytaxtning 12 ta tumaniga joy ajratiş va investitsiya, sanoat, iş örni, eksport hamda byudjet tuşumi körsatkiçlarini loyiha qilgan tumanning öziga yoziladigan tizimni joriy etiş topşirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi kanalizatsiya bilan boğliq badböy hid muammosini joriy yil 1 sentyabrgaça hal etiş böyiça topşiriq bergani haqida xabar qilingan edi.