USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentning marşrutlarni körsatuvçi onlayn xaritasi işga tuşiriladi

83 марта
Тошкентнинг маршрутларни кўрсатувчи онлайн харитаси ишга туширилади

Toşkentdagi avtobus bekatlari, vokzal, aeroport va metro stantsiyalarida sayyohlar uçun şahar marşrutlarini körsatuvçi, telefonga bepul va oson yuklab olinadigan xaritalari joriy etiladi. Bu haqda bugun, 4 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev öz raisligida Toşkent şahri, xususan, Sergeli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş va mahallalarda xavfsiz muhit yaratiş masalalari yuzasidan ötkazilayotgan videoselektor yiğilişi mutasaddilarga topşiriq berdi.

Qayd etilişiça, yil boşidan buyon Toşkent şahriga qariyb 3 million xorijlik sayyoh taşrif buyurgan. Ularning köpçiligi tarixiy obidalar, istirohat boğlari, bozorlar, kafe-restoranlar va turistik mahallalarga piyoda borib, xotirjam sayr qilişni istaydi.

Buning uçun yöl körsatkiçlari, qulay marşrutlar va raqamli xaritalar zarurligi qayd etilgan. Mutasaddilarga avtobus bekatlari, vokzal, aeroport va metro stantsiyalarida sayyohlar uçun şahar marşrutlarini körsatuvçi, telefonga bepul va oson yuklab olinadigan xaritalarni joriy etiş topşirilgan.

Davlat rahbari Toşkent azaldan toza, ozoda va “yaşil” şahar sifatida etirof etib kelinganini takidlagan. Şu bilan birga, köçalar, xiyobonlar va parklardagi tozalik muhiti aholi va turistlar talabiga qay darajada mos ekani tanqidiy tahlil qilingan.

Bu masala oddiy körinsa-da, aslida, madaniyat va qadriyat ekani qayd etilgan. Mahalla raislari, nuroniylar va faollarga aholi bilan birga obodonçilik, daraxt ekiş va ularni suğoriş işlariga boş-qoş böliş, yoşlarga “Tozalik ostonadan boşlanadi” degan qadriyatni singdiriş zarurligi takidlangan.

Şuningdek, poytaxt mehmonlari va sayrga çiqqan aholi uçun hojatxonalar yetişmasligi qayd etilgan. Bir oy muddatda alohida dastur işlab çiqib, şu yilning özida har bir tumanda 15-20 ta zamonaviy hojatxona quriş uçun yerlarni auktsionga çiqariş vazifasi qöyilgan.

Çiqindi qutilarini keskin köpaytiriş böyiça ham çoralar köriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi kanalizatsiya bilan boğliq badböy hid muammosini joriy yil 1 sentyabrgaça hal etiş böyiça topşiriq bergani haqida xabar qilingan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: