Sergelida “Aqlli tuman” platformasi işga tuşirildi
Bugun, 4 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Sergeli tumani hokimligiga taşrif buyurib, tumanda raqamlaştiriş yönalişida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, Sergeli tumani hokimligi binosida hokimlik bilan birga yana beşta taşkilot faoliyat yuritmoqda. Ular “yagona darça” tamoyili asosida aholi va tadbirkorlarga 30 dan ortiq turdagi davlat xizmatlarini körsatmoqda.
Şuningdek, Içki işlar vazirligiga onlayn murojaat yuboriş imkonini beruvçi maxsus qurilma işga tuşirilgan. Tizim orqali murojaat yuborilganda navbatçi inspektor murojaatçi bilan videoaloqa örnatadi, murojaat avtomatik ravişda röyxatga olinadi va fuqaro xizmat sifati hamda inspektor faoliyatini baholaş imkoniyatiga ega böladi.
Davlat rahbari bunday “aqlli” qurilmalarni aholi gavjum joylar, bozorlar va boşqa obektlarda kengroq joriy etiş böyiça topşiriq bergan.
Taşrif davomida hokimlik huzurida taşkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati ham taqdim etilgan. Suniy intellekt asosida işlovçi “Aqlli tuman” platformasi 17 ta axborot tizimini özaro boğlagan. U ijtimoiy va kommunal muammolarni monitoring qiliş, fuqarolar murojaatlari ijrosini nazorat qiliş hamda favqulodda vaziyatlarda tegişli xizmatlar faoliyatini tezkor muvofiqlaştiriş imkonini beradi.
Bundan taşqari, tumandagi 46 ta mahalla videokonferentsaloqa orqali vaziyatlar markaziga ulangan. Hozirda 25 ta maktabni ham uşbu tizimga integratsiya qiliş işlari olib borilmoqda.
Qayd etilişiça, platforma tarkibidagi “Xavfsiz tuman” tizimi huquqbuzarliklarning oldini oliş va jamoat xavfsizligini taminlaşga xizmat qiladi. Tadbirkorlik subektlarining raqamli xaritasi esa suniy intellekt yordamida soliq tuşumlarini prognoz qiliş va ularning yiğiluvçanligini oşirişga qaratilgan. “AI Davomat” tizimi esa maktablarda dars qoldiriş holatlarini nazorat qiliş hamda voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlikning oldini olişga xizmat qiladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanişar ekan, mazkur tizimni Toşkent şahrining barça tumanlarida bosqiçma-bosqiç joriy etiş böyiça topşiriq bergan. Şuningdek, taşrif davomida poytaxtda talim tizimi va quriliş sohasini raqamlaştiriş, yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş, soliqlar yiğiluvçanligini oşiriş hamda jamoat xavfsizligini taminlaş böyiça mutasaddilarning hisobotlari eşitilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Prezident Şavkat Mirziyoyev poytaxtning Sergeli tumanidagi “Özgariş” mahallasida amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari hamda yerusti metro yönalişi ostida taşkil etilgan savdo va xizmat körsatiş obektlari faoliyati bilan tanişgan edi.