USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Sergelidagi tibbiyot markaziga bordi

80 марта
Шавкат Мирзиёев Сергелидаги тиббиёт марказига борди

Bugun, 4 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida joylaşgan xususiy köp tarmoqli tibbiyot markazi faoliyati bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, mazkur zamonaviy tibbiyot markazi bugungi kunda aholiga talab yuqori bölgan köplab yönalişlar böyiça tibbiy xizmat körsatiş imkoniyatiga ega.

Markazni barpo etiş uçun 30 million dollar investitsiya yönaltirilgan. Bu yerda yiliga 150 ming nafardan ortiq aholiga tibbiy xizmat körsatiş imkoniyati yaratiladi. Umumiy maydoni 0,5 gektar bölgan muassasada yillik xizmatlar hajmini 15 milliard sömga yetkaziş rejalaştirilgan.

Malum qilinişiça, davlat rahbariga markaz faoliyati töğrisida taqdimot qilingan. Prezident jarrohlik, reanimatsiya va davolaş bölimlari, situatsion markazda yaratilgan şaroitlarni közdan keçirgan.

Loyiha doirasida 250 ta yangi iş örni yaratilgan. Jamoada xorijda malaka oşirgan 10 nafardan ziyod yuqori malakali mutaxassis va çet ellik şifokorlar ham bor. Markaz Buyuk Britaniya, Italiya va Germaniyadan keltirilgan zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taminlangan. Xususan, muassasaga PHILIPS kompaniyasining ilğor tibbiy texnologiyalari örnatilgan.

Davlat rahbari markazni ayrim yönalişlar böyiça tayanç tibbiyot muassasasiga aylantiriş muhimligini takidlagan. Bu yerda töplanadigan ilğor tajriba asosida şifokorlar malakasini oşiriş va zamonaviy tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytiriş yuzasidan mutasaddilarga körsatmalar berilgan.

Prezident markaz xodimlari bilan ham muloqot qilgan. Sohada mehnat qilayotgan mutaxassislarni qöllab-quvvatlaş, xususiy tibbiyot taşkilotlari sonini köpaytiriş hamda aholiga sifatli, zamonaviy va samarali tibbiy xizmat körsatiş masalalariga alohida etibor qaratilgan.

“Har bir bemorga sifatli va munosib xizmat körsatiş bilan birga, tibbiy va turizm xizmatlarini uyğunlaştiriş zarur. Bu yönalişni keng tarğib qiliş, xorij tajribasini örganib, şifoxonalar huzurida mehmonxona infratuzilmasini rivojlantiriş kerak”, deydi davlat rahbari.

Eslatib ötamiz, avvalroq Prezident Şavkat Mirziyoyev Sergeli tumanining “Ittifoq” mahallasidagi Yangi Sergeli köçasida amalga oşirilgan işlar hamda savdo va xizmat körsatiş obektlari faoliyati bilan tanişgan edi.

Davlat rahbari mahalla böylab yurib, milliy memoriy uslubda tamirlangan xonadonlar, obodonlaştirilgan köçalar va aholi uçun yaratilgan qulayliklar bilan tanişgan hamda mahalla faollari va fuqarolar bilan samimiy muloqot qilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: