Tibbiy uskuna, jihoz va tez yordam maşinalarini olib kirişga imtiyozlar 3 yilga uzaytiriladi
10-11-2025, 17:22
120 марта

Tibbiy uskuna, jihoz va tez yordam maşinalarini olib kirişga imtiyozlar 3 yilga uzaytiriladi
Sönggi sakkiz yilda xususiy klinika va laboratoriyalar soni 3 karra köpayib, 9 mingga, ulardagi şifo örinlari esa 57 mingga yetdi.Prezident Şavkat Mirziyoyev hozirda tibbiy xizmatlarning 30 foizi xususiy sektor tomonidan körsatilayotgani, ilğor taşabbuslar ham ulardan çiqayotgani quvonarli hol ekanini takidlab, ularning xususiy şeriklikni kengaytiriş böyiça barça takliflarini körib çiqişga tayyorligini bildirdi.
Xususiy tibbiyot klinikalarida körsatilayotgan xizmat narxlari respublika markazlaridan arzon ekani körsatib ötildi.
Mutasaddilarga respublika markazlaridagi xizmat narxlarini adolatliligini körib çiqiş, xususiy klinikada xuddi şu xizmatlar arzon va sifatli bölsa, tibbiy suğurta mablağini ularga tölab beriş topşirildi.
Kelgusida ham tibbiyotda xususiy sektorni qöllab-quvvatlaş va ularga qöşimça şaroitlarni yaratiş davom ettirilişi takidlandi.
Xususan, kelgusi yildan tibbiy uskuna, jihoz va tez yordam maşinalarini olib kiriş böyiça imtiyoz 3 yilga uzaytiriladi.
Umumiy ovqatlaniş korxonalariga QQSning bir qismini qaytariş böyiça berilgan imtiyoz xususiy tibbiyot taşkilotlariga ham qöllanadi.
Zamonaviy köp tarmoqli klinikalarni taşkil qiliş va ularni jihozlaş uçun tadbirkorlarga 200 million dollarlik imtiyozli resurs ajratiladi.