Özbekistonda davlat klinikalarida pullik xizmatlar arzonlaşadi
13-05-2025, 12:01
474 марта
Davlat tibbiyot muassasalarida körsatiladigan pullik xizmatlar narxini çeklaş böyiça yangi qaror qabul qilindi. Endi pullik xizmatlar narxi belgilangan byudjet xizmatlari qiymatidan 25 foizdan oşmasligi şart.Mazkur qaror Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasida elon qilindi va 8 maydan kuçga kirdi.
Yangi tartibga köra, pullik tibbiy xizmatlar uçun belgilanadigan tölov miqdori şu muassasa tomonidan byudjet mablağlari hisobiga körsatilayotgan öxşaş xizmatlar qiymatining 25 foizidan oşmasligi lozim. Ilgari bu çegara 20 foiz etib belgilangan edi. Demak, xizmatlar uçun ustama miqdori yanada çeklandi.
Özgariş fuqarolarning tibbiy xizmatlardan adolatli va maqbul narxlarda foydalanişini taminlaş maqsadida kiritilgan. Bu qaror davlat klinikalarida xususiy xizmatlar narxining keskin ösib ketişining oldini oladi.
Hujjatda davlat tibbiyot muassasalari uçun moliyalaştiriş mexanizmini yanada şaffoflaştiriş va narxlarning asoslanmagan oşişini çeklaş kabi maqsadlar közda tutilgan. Mutasaddilarga köra, uşbu çeklovlar aholi uçun tibbiy xizmatlarning iqtisodiy ahamiyatini oşirişi va ularni kengroq qamrab olişga yordam beradi