Prezident: şifokorlar mehnati munosib rağbatlantiriladi, şaroitlar yanada yaxşilanadi
8-11-2025, 15:08
318 марта

Prezident: şifokorlar mehnati munosib rağbatlantiriladi, şaroitlar yanada yaxşilanadi
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan yöllangan tabrikda prezident Şavkat Mirziyoyev soha vakillarining xizmatlari yuksak baholanişini, ular uçun moddiy va ijtimoiy şaroitlar bosqiçma-bosqiç yaxşilanişini takidladi. Tabrikda moliyalaştirişni oşiriş, raqamlaştiriş va kadrlar tayyorlaşga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi.Davlat rahbari murojaatida inson qadri va aholi salomatligini mustahkamlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişi ekani qayd etildi. Sönggi yillarda sohaga ajratilayotgan byudjet mablağlari 6 karraga oşgani, yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar markazdan hududlarga kengaytirilgani bildirildi.
Birlamçi böğinni kuçaytiriş maqsadida xalqaro tajribaga asoslangan yangi model joriy etildi: qisqa muddatda 490 ta muassasa qayta taşkil etildi, 350 ta mustaqil oilaviy poliklinika faoliyat boşladi. Raqamlaştiriş yönalişida DMED yagona platforma işga tuşirilib, unga 36 mln+ fuqaroning tibbiy malumotlari integratsiya qilindi, tez tibbiy yordam çaqiriqlarini elektron boşqariş amaliyoti yölga qöyildi.
Soğliqni saqlaşda amalga oşirilgan islohotlar natijasida 2017-yildan buyon onalar ölimi 21 foizdan 11 foizga, çaqaloqlar ölimi 11,5 foizdan 7,8 foizga kamaygani, örtaça umr köriş 73,8 yoşdan 75,1 yoşga uzaygani qayd etildi.
Prezident şifokorlar mehnatini munosib rağbatlantiriş, ularning mehnat şaroitlarini yaxşilaş va malakasini oşirişni izçil davom ettirişini malum qildi. Şuningdek, innovatsiyalar, suniy intellekt asosidagi taşxis va muolajalarni kengaytiriş, xalqaro standartlarni joriy etiş vazifasi qöyildi.