“Bizda tibbiyot xodimlari sonida ham, moliyalaştirişda ham muammo yöq. Lekin sifat-çi?” — Şavkat Mirziyoyev
7-05-2025, 15:13
162 марта

Şavkat Mirziyoyev 7-may kuni tibbiyotning birlamçi böğini va ixtisoslaşgan muassasalarda xizmatlar sifatini yanada oşiriş, dori vositalari istemolini tartibga soliş hamda tibbiy talimni takomillaştiriş böyiça ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişida sohadagi ayrim kamçiliklarni tanqid qildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Qayd etilişiça, sönggi 7 yilda tibbiyotga ajratilayotgan mablağ 6 karra oşgan va 2025-yilda 42 trillion sömga yetgan. Mahalladagi birlamçi böğin bilan ixtisoslaşgan xizmatlarni boğlaydigan kompleks tizim yaratildi. Ilgari faqat poytaxtda bajarilgan 400 dan ortiq yuqori texnologik amaliyot viloyat va tumanlarda ötkazilmoqda. Birgina buyrak köçiriş amaliyoti kuniga ikkitadan bajarilmoqda.
Mamlakatda har 10 ming aholiga 27 nafar şifokor töğri keladi. Bu AQŞ, Buyuk Britaniya, Finlyandiya bilan bir xil körsatkiç. Turkiya va Kanadada bu raqamlar 1,5 baravar kam.
“Körib turibsiz, bizda tibbiyot xodimlari sonida ham, moliyalaştirişda ham muammo yöq. Lekin sifat-çi? Bu borada etirozli savollar juda köp”, dedi davlat rahbari.
Yiğilişda aytilişiça, Özbekistonda yuqumli bölmagan kasalliklar iqtisodiyotga har yili 1 milliard dollar zarar keltirişi hisob-kitob qilingan. Tez yordamdagi jami çaqiruvlarning törtdan biri surunkali kasalliklari bor bemorlarga töğri kelmoqda.
Masalan, Farğonadagi 12 ta mahallada ötkazilgan örganişda har 10 nafar bemordan 8 nafari oilaviy şifokorni çetlab ötib, şifoxonaga yoki xususiy klinikaga borayotganini aytgan. Xorazmda esa bemorlar oilaviy şifokorni emas, tez yordamni afzal köryapti. Sodda qilib aytganda, tez yordam xuddi poliklinikadek bölib qolgan. Andijon, Namangan va Samarqand şahrida poliklinika şifokori kuniga 50-60 nafar bemorni qabul qilyapti. Bu heç qanday tibbiy standartlarga töğri kelmayd