Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etiş bekor qilinadi
5-09-2025, 21:30
892 марта

Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etiş bekor qilinadi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 5 sentyabr kuni adliya tizimida davlat xizmatlarini kengaytiriş çora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanişdi.Sönggi sakkiz yilda adliya faoliyatini yangiça taşkil qiliş uçun 70 ga yaqin qonun va qarorlar qabul qilindi. Tizimni aholiga yaqinlaştiriş uçun 20 dan ortiq qöşimça vakolatlar berildi. Hududlarda 202 ta Davlat xizmatlari markazi qurildi. Bugungi kunda 500 dan ortiq davlat xizmatlari “bir darça” tamoyili asosida körsatilmoqda. Ilgari soatlab, kunlab kutilgan malumotlar hozir 5-10 daqiqada olinyapti.
Lekin bu borada hali qilinadigan işlar köp. Davlat idoralari örtasida elektron hamkorlik yetarli emasligi byurokratik tösiqlarga sabab bölmoqda. 200 dan ortiq davlat xizmati hamon eskiça usulda körsatilyapti. Çekka hududlarda aholining xizmatlardan mustaqil foydalaniş imkoniyati çeklangan.
Şu bois, taqdimotda davlat xizmatlarini yanada köpaytiriş va osonlaştiriş böyiça takliflar körib çiqildi.
Rejaga köra, kelgusi uç yilda davlat xizmatlari 900 taga yetkaziladi. Yiliga 80 ta xizmat “3 qadam” tamoyili asosida soddalaştiriladi. Aholi gavjum joylar va olis mahallalarda 1 ming 100 ta interaktiv kiosk örnatiladi.
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etiş bekor qilinadi. Xususan, FHDYo organida nikohlanuvçi şaxslarning tibbiy körik natijalari, mudofaa bölimlarida harbiy xizmatga majburlarning turar joyi özgarganligi haqidagi hujjat söralmaydi, bu malumotlar axborot tizimlari orqali onlayn olinadi.
Bugungi kunda notariuslar odamlarga 80 dan ortiq turdagi xizmat körsatyapti. Lekin onlayn xizmatlar uluşi juda kam – 11 foiz.
Davlatimiz rahbari raqamlaştiriş orqali fuqarolarga qulayliklarni oşiriş zarurligini takidladi. 2025-2027 yillarda bosqiçma-bosqiç 20 ta notarial harakat onlayn rasmiylaştirişga ötkazilişi belgilandi.
Şuningdek, notarial xizmatlar körsatişda şaxsni tasdiqlovçi hujjatning aslini talab qiliş bekor qilinib, buni “FACE-ID” orqali aniqlaş tartibi yölga qöyiladi.
Xadiça Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida 64 turdagi ekspertiza xizmatlari ötkazilyapti. Lekin hududlarda buning yarmi ham yöq.
Şuning uçun ekspertiza böyiça yangiça yondaşuv qiliş, hududiy ekspertiza markazlarining moddiy-texnik bazasini yaxşilaş, bu orqali ulardagi ekspertiza turlarini qöşimça ravişda 15 tadan 25 tagaça köpaytiriş vazifasi qöyildi.
Ekspertizaning yangi turlarini joriy etişda raqamli texnologiyalardan, inson omili yöq dasturlardan keng foydalaniladi. Suriştiruv, tergov organlari va ekspertiza muassasalari örtasidagi hujjatlar almaşinuvi töliq elektron şaklga ötkaziladi. Avtohalokat joyini 3D modellaştiriş, videotexnika va fototexnika ekspertizasi kabi yangi xizmatlar tatbiq etiladi.
Nodavlat sud ekspertiza faoliyatini kengaytiriş, sud eksperti sifatida alohida byuro oçgan holda mustaqil iş yuritişga ruxsat beriş, Özbekiston Sud ekspertlari palatasini taşkil etiş böyiça takliflar maqullandi.
Odamlarning huquqiy savodxonligini oşiriş ham muhim. Şu maqsadda “Aqlli tarğibot” asosida aholi va tadbirkorlarga yangi hujjatlar haqidagi malumotlarni manzilli tarzda, elektron tizimlar orqali yetkazib beriş yölga qöyiladi. Qonunçilikni mutaxassislar iştirokida sodda tilda şarhlab boruvçi “Adliya TV” internet sahifasi işga tuşiriladi.
Islohotlarni öz vaqtida va sifatli bajarişda mutasaddilarning taşabbuskorligi, javobgarligi, masuliyati va vakolatlarini yanada oşiriş zarurligi takidlandi. Şu bois, öz sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiruvçi vazirlik va idoralar huzuridagi organlarga ham idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiliş vakolati beriladi.
Bunday hujjatlarni qabul qiliş, davlat röyxatidan ötkaziş tartibi va muddatlari soddalaştiriladi. Natijada idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilişning örtaça muddati 2 barobarga qisqaradi.
Taqdimot yakunida mazkur takliflarni amalga oşiriş böyiça farmon va qarorlar imzolandi.