Içan-Qala” dunyodagi yagona immersiv “aqlli” şahar-muzeyga aylanadi
20-11-2025, 23:52
317 марта
Içan-Qala” dunyodagi yagona immersiv “aqlli” şahar-muzeyga aylanadiÖzbekiston Prezidenti qaroriga muvofiq, tarixiy “Içan-Qala” hududida aholining turmuş tarzi, savdo nuqtalari va xizmat körsatiş obektlarini tarixiy muhit bilan uyğunlaştirgan holda zamonaviy raqamli ekotizim yaratiladi.
Loyiha qadimiy memoriy merosni ilğor texnologiyalar bilan birlaştirib, Xivaga taşrif buyuruvçi sayyohlarga yangi — jonli, interaktiv va çuqur immersiv tajriba taqdim etişga qaratilgan. Mazkur tizim doirasida:
🔹 “aqlli” muzey funktsiyalari
🔹 virtual gidlar
🔹 voqelikni kengaytiriş (AR/VR) texnologiyalari
🔹 raqamli xizmatlar va navigatsiya tizimlari
joriy etilişi rejalaştirilgan.
Yangi tarixiy turizm yönalişi — “Samarqand merosi yöli”
Şuningdek, loyiha doirasida Özbekistonda uzunligi 6,6 km bölgan yangi turistik marşrut — “Samarqand merosi yöli” barpo etiladi. Uşbu yöl şahar içidagi eng muhim tarixiy obektlarni yagona marşrut orqali boğlab, sayyohlar uçun qulay va boy madaniy tajriba yaratadi.
Marşrut orqali tarix, madaniyat va zamonaviy texnologiyalar uyğunligi asosida:
asosiy memoriy obidalar
turistik infratuzilmalar
dam oliş va xizmat körsatiş joylari
bir tizimga integratsiya qilinadi.
Loyihaning asosiy maqsadi
- Milliy merosni zamonaviy texnologiyalar vositasida saqlaş va ommalaştiriş
- Xiva va Samarqandni jahon miqyosida raqamli turizm markazlariga aylantiriş
- Sayyohlar oqimini köpaytiriş va xizmatlar sifatini oşiriş
- Aholi uçun yangi iş örinlari yaratiş