XIVADAGI TARIXIY USTUNLAR RESTORANGA QÖÇDIMI?
21-10-2025, 07:37
1 147 марта
XIVADAGI TARIXIY USTUNLAR RESTORANGA QÖÇDIMI?Xivaning Içan-Qalasi hududida “restavratsiya” deb nomlangan yangi biznes-loyiha amalga oşirilayotgani aytilmoqda. Rasmiylar buni “tarixiy yodgorliklarni saqlaş” deb ataşsa-da, mahalliy fuqarolar orasida bu iş haqiqatan ham tarixni saqlaşmi yoki uni yöqotişmi, degan savollar tuğilmoqda.
Malumotlarga köra, Içan-Qaladagi qadimiy Juma masjidiga tegişli ayrim ustunlar yaqinda oçilişi kutilgan “Tandiriy” restorani intererini bezaş uçun işlatilgani haqida malumot tarqaldi.
Juma masjidi — Xorazmning eng qadimiy masjidlaridan biri bölib, X–XVIII asrlarga mansub. Masjid 1788 yilda Abdurahmon Mehtar buyurtmasi bilan qayta qurilgan va 212 ta öyma yoğoç ustun bilan maşhur. Uşbu inşoot 2019 yilda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan davlat muhofazasiga olingan.
Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda mazkur holat yuzasidan bahs-munozaralar davom etmoqda. Köpçilik tarixiy yodgorliklarning biznes manfaatlari uçun “qurbon” qilinayotgani haqida fikr bildirmoqda.
Olib borilgan örganişlar natijasiga köra, mazkur restoran Xiva şahri “Yangi turmuş” mahallasi, Najmiddin Kubro köçasida qurilayotgan bölib, obekt “Xiva Çinor savdo” MÇJ tomonidan barpo etilmoqda.
Tekşiruv jarayonida malum bölişiça, restoran old fasadi uçun işlatilgan ğiştlar Toşkent şahridagi “Yangiobod” bozoridan sotib olingan. Şuningdek, örnatilgan ustunlar Juma masjidi yoki uning minorasiga tegişli madaniy meros obektlari sirasiga kirmaydi.
Malum bölişiça, uşbu ustunlar Xiva tumanida faoliyat körsatayotgan mahalliy naqqoşlik ustasiga tegişli bölib, u 20–30 yillar oldin vayronaga aylangan qadimiy uylardan uşbu ustunlarni yiğib, şaxsiy kollektsiyasida saqlab kelgan. Usta ustunlardan öz şogirdlariga naqqoşlik sanati sir-asrorlarini örgatiş maqsadida foydalangan va endilikda Xivaga taşrif buyuruvçi sayyohlarga milliy muhit yaratiş niyatida “Tandiriy” restoraniga taqdim etgan.
Takidlaş joizki, bu xabar rasmiy idoralar tomonidan mazkur holatga rasmiy izoh berildi.




