USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

«Içan qala»dagilar: «Loysuvoq uylarda yaşaşimizga hayron qolişadi…»

552 марта

«Içan qala»dagilar: «Loysuvoq uylarda yaşaşimizga hayron qolişadi…»  


Xiva haqida juda köp malumotlar mavjud. Tarixçi olimlar, jurnalist-mutaxassislar hamda sayyohlar doimo u haqda yana va yana yangi nimalarnidir aytgisi keladi. Osmon ostidagi bu oçiq muzeyga bir taşrif buyurgan odam esa yana qaytgisi keladi.
Endi, texnologiya rivojlangan davrda mana şu tarixiy obidalar, köçalar orasida umri ötayotgan odamlarni tasavvur qiling. Gap u yerda tirikçilik qilayotgan aholi haqida emas, balki Içan qalaning içida umrguzaronlik qilayotgan odamlar haqida. Tarixiy obidalarga, imoratlarga qöşilib ketgan loy suvoqli uylar ham 100 yillik tarixga ega. Bugun bu loysuvoqli uylarning bazilari mehmonxona, bazilarida esa odamlar yaşaydi.

– Bolaligim mana şu qalalar, minoralar orasida ötdi, – deydi 65 yoşli onaxon Muhabbat Jumaniyozova. – Men yaşayotgan mahalla «Zargarlar» deb ataladi. Zamonaviy uylarda yaşayotgan qarindoş, tanişlar bizning uylarimizni körib şu loysuvoq uylarda yaşaysizlarmi, deb hayron qolişadi. Bu uylarning içini tamirlaşimiz mumkin, ammo taşqarisiga teginiş mumkinmas. Axir bu bizning tarix. Şunday köçaga çiqişingiz bilan bir yonda madrasalar, bir yonda masjid. Bu boşqa dunyo. Bu dunyoni köriş uçun xorijliklar qança yöl bosib kelişadi. Qani, mehmon, siz xonning yurtidasiz, bir keça qönoğim böling…
Men onaxon oldidan uzoqlaşaman. Ikki qavatli uy oldida yoşgina kelin dökonda savdo qilyapti. Bu qanday bino degan savolimga uyimiz, qaynotamning otasidan qolgan uy, deb javob berdi.


– Mana bu ustunlarning yoşi 100 yildan oşgan, yonidagilari esa şularning yangi nusxasi, - deydi hunarmand Bozorboy Salayev. – Çet elliklar mening har bir naqşni qanday öyayotganimni körib ularda allaqaçon qöl mehnati unutilganini aytişadi.
– Mana bu ustun poydevoriga qanday mahkamlangan, hozir mana temirda mahkamlanayotgan ekan, – deyman men qiziqsinib.

– Avvallari bu poydevorga ustun joylaştirilişidan oldin kovagi tuya juni bilan töldirilgan, sababi tuya juni pişiq va yeyilib ketmagan, keyin ustunni qurt-qumursqalar yemasligi uçun ham tuya junidan foydalanişgan. Ustun bilan poydevorni ulaydigan qismiga haşam uçun mis, bronza işlatilgan…
Hozir bu ustunlarni mehmonxonalar uçun yasab beramiz, ammo sayyohlarga mana bu juda eski işlar qiziq. Yana yuz yillardan keyin biz yasayotgan ustunlar, tarxlar, ruçka soladigan idişlar xuddi şunday tarixning noyob aşyolariga aylanadi.

«Biz bu yerni mehmonxona qilolmaymiz, çunki özimiz köpçilikmiz, mening tört farzandim, qaynopam, turmuş örtoğim turamiz. Tarixiy joy bölgani bilan kanalizatsiya, suv yaxşi, bir yonda «Yasovulboşi», nariroqda «Kalta minor»… 
Transport şovqini yöq, köça juda qaynagan, lekin Içan qala şunday barpo etilganki, hamma joyida yelvizak, bu binolar uçun ham foydali», – deydi özini Nilufar deb taniştirgan kelinçak.

Men qalaning deyarli sayyohlar nazaridan çetda qolgan, lekin ular uçun mehmonxona qilib berilgan pastak bir asrlik tarixga ega uylari oralab sayr qilişda davom etaman. Qalaning markazidagi kabi savdo-sotiq avjida bölmasa ham bu yerda xorijliklarning milliy matolarimizga qiziqişiga guvohi bölasiz. Mana bu ikki xorijlik ingliz tilida römollarni savdolaşadi: birovi «wife» (xotin) desa, narigisi «mother» (ona) deydi. Demak, ular ayoli va xotiniga sovğa qidiryapti. Sal nariroqda yoşroq erkak turmuş örtoği uçun bizning tilda abaya deb ataladigan kiyimni tanlayapti.
Peştoqiga «Döst Alam madrasasi. 1882 yil yodgorligi», deb yozilgan binoga kiraverişda bolğaning taq-tuqi etiborimni tortadi: tarix qanday yaratilgani, ustunlar, peştoqilar, kelilar, aravalar 100 yil oldin qanday yasalganini bugungi texnologiya asrida ham guvohi bölib beixtiyor ötmişga qaytasiz.



Hozir bu ustunlarni mehmonxonalar uçun yasab beramiz, ammo sayyohlarga mana bu juda eski işlar qiziq. Yana yuz yillardan keyin biz yasayotgan ustunlar, tarxlar, ruçka soladigan idişlar xuddi şunday tarixning noyob aşyolariga aylanadi.


Yöl yölakay bir-birini takrorlamaydigan 213 ta ustuni bor masjidga kiraman. Ustunlarning bazilari yorilgan, qoraygan, naqşlari xiralaşgan, heç narsa abadiy emas degan öy ötadi könglimdan. Mana bu töda-töda bölib yurgan bolalar aslida eng baxtli avlod, qanday ötmiş bilan yuz kelib turganlarini anglab yetsalar, albatta.
Anor gulli liboslarda lapar aytib raqs tuşayotgan ansamblni miriqib tomoşa qilayotganlar, qöşilib raqs tuşayotganlarni uçratasiz. Şu asnoda bir çekkada ötirib, qizlarning liboslaridagi naqşlarni çizayotgan xorijlik sayyoh ayol etiborimni tortdi. Menimça, ilmiy iş qilmoqçi yoki kitob yozmoqçi. Balki «odamlar yangilik izlab kosmosga çiqayotgan bir paytda», yer yuzida yana bir boşqaça dunyo, sayyora içida yana bir sayyora ham borligini öylayotgandir

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: