USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bellaşuv davom etmoqda: «Alpomiş»dan «Rustamxon»gaça

242 марта

Bellaşuv davom etmoqda: «Alpomiş»dan «Rustamxon»gaça

Mana uç kundirki Xivada IV «Baxşiçilik sanati» xalqaro festivali bölib ötayapti. Baxşilarning har bir kuyi va ijrosi nafaqat millatdoşlarimizni, balki xorijlik tomoşabinlar qalbini zabt etmoqda. Baxşi kuylayotgan joy borki, xorijlik sayyohlar hayrat bilan kuzatayotganini körişingiz mumkin.

Italiyalik mehmon Lello Zabning fikriça, baxşilarning aytimlarni tomoq bilan kuylaşi – bu juda ham ajoyib va hayratlanarli sanat turi. «Ovozning ğayritabiiyligi va tomoq bilan kuylaş, men uçun haqiqiy möjiza, garçi sözlarini tuşunmasamda, sehrlanib sira uzoqlaşgim kelmayapti», – deydi u.

Surxondaryolik «Şuhrat» medali sohibi Rahim aka tinglovçilarga ovozni qanday sozlaşni, torni qanday uşlaşni va kuylaşni erinmay örgatadi. Sayyohlar ham Rahim akaga jör böladi, minnatdorlik bildiriş istagida qölini qattiq qisib qöyadi. Bu festival, nafaqat turli mamlakatlardan kelgan odamlarga madaniyatlarni, urf-odatlarni taniştiradi, balki baxşiçilik sanatiga mehrni tarğib etişga yordam beradi.

Keçki salqin tuşişi bilan bellaşuv boşlandi. Ilk sahnaga çiqqan Surxondaryolik Jovli Tangirov aytimni Göröğlining öğli Avazxonga duodan boşlandi. Bu duo-aytim baxşilarning barçasiga bildirilgan ezgu tilakdek yangraydi, göyoki barçani birlaştirayotgandek. 

Keyin esa Eron Respublikasidan kelgan «Arang» musiqiy guruhi eron ohanglarini ijro etdi. Undan keyin, Tojikistonlik baxşi Abdurahmon Hasanov «Alpomiş» dostonini kuyladi. Ohanglar bir-biriga ulanadi, Xivaning tarixiy obidalarini tomoşa qilayotgan yoş bolalardan tortib keksalargaça, xorijlik sayyohlar sahna tomon oşiqadi.

«Alpomiş», «Rustamxon», «Xirmondali», «Oşiq Mahmud» kabi milliy madaniyatimizning ölmas durdonalari ham bugungi bellaşuvni yanada jozibali qiladi. Mana Yaponiya milliy musiqa guruhi ijro etayotgan «Yaponiyaga musiqiy sayohat» köz öngimizda kunçiqar mamlakatni gavdalantirdi... 

Tanlov davom etmoqda, tor, turli çolğular, doiraning uyğun ovozlari atrofga sado tarqatadi, baxşilarning bir-biriga qarata aytayotgan aytimlari barçani sehrlaydi. Qirqdan ortiq mamlakat sanatkorlari qatnaşayotgan uşbu festival hali uzoq davom etadi, kuy-kuyga, söz-sözga, ohang-ohangga ulanadi. 

Baxşiçilik sanati sadolari mana şunday avloddan avlodga boyib, tölib-tölişib ötib boraveradi.









Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: