Şavkat Mirziyoyev IV xalqaro baxşiçilik sanati festivali iştirokçilariga tabrik yölladi
26-04-2025, 21:25
256 марта

Şavkat Mirziyoyev IV xalqaro baxşiçilik sanati festivali iştirokçilariga tabrik yölladi
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xivada ötayotgan IV xalqaro baxşiçilik sanati festivali iştirokçilariga tabrik yölladi.
Hurmatli festival qatnaşçilari, muhtaram mehmonlar!
Avvalo, siz, azizlarni oçiq osmon ostidagi betakror muzey şahar — qadimiy Xivada ötkazilayotgan IV Xalqaro baxşiçilik sanati festivalining oçilişi bilan çin qalbimdan muborakbod etaman.
Bugungi sanat bayramida iştirok etayotgan nufuzli xalqaro taşkilotlar va qardoş mamlakatlar vakillariga, dunyoning qirqdan ziyod mamlakatidan kelgan xalq ijodiyoti namoyandalari, atoqli madaniyat va sanat arboblariga samimiy taşakkurim, yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.
Saxovatli Özbekiston zaminiga, köhna Xorazm diyoriga xuş kelibsiz!
Qadrli döstlar!
Xalqaro nufuzi tobora ortib borayotgan mazkur anjuman bu yil köhna Şarq gavhari — betakror Xorazm diyorida ötkazilayotgani unga alohida ruh va mazmun bağişlamoqda. Bu ölkaning dostonçilik maktabi ğoyat qadimiy va boy tarixga ega bölib, «Lazgi» kabi dunyoga maşhur mumtoz kuy-qöşiqlari, gözal raqslari aynan ana şu azim daryodan oziqlanib kelmoqda, desak, töğri böladi.
Bu qutluğ zamindan yetişib çiqqan Özbekiston xalq baxşilari «Bola baxşi» — Qurbonnazar Abdullayev, «Qalandar baxşi» — Rözimboy Normatov, Abdulla Qurbonnazarov, Yetmişboy Abdullayev kabi yorqin ovoz va istedod sohiblari tomonidan yuksak pardalarda kuylangan «Oşiq Ğarib va Şohsanam», «Göröğli», «Avazxon», «Alpomiş» va «Xirmondali» kabi xalq dostonlari milliy madaniyatimizning ölmas durdonalari sifatida manaviyatimiz xazinasidan mustahkam joy egallaganini çuqur minnatdorlik bilan etirof etamiz va baxşiçilik sanatining bugungi davomçilariga ijodiy yutuq va ravnaq tilaymiz.
Hurmatli festival iştirokçilari!
Festival kunlarida sizlar sanatni çin dildan sevadigan mehmondöst, bağrikeng xalqimiz bilan samimiy muloqotlar ötkazib, yurtimizning boy tarixi, madaniyati va bezavol qadriyatlari, tabarruk maskanlari, Yangi Özbekistonning bugungi taraqqiyot yutuqlari, jumladan, baxşiçilik sanatini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişib, yorqin taassurotlarga ega bölasiz, deb işonaman.
Fursatdan foydalanib, tanlov iştirokçilari hamda festival doirasida ötkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya işiga muvaffaqiyat tilayman.
Eng ezgu va xalqçil his-tuyğularni tarannum etişda sizlarga sihat-salomatlik, kuç-ğayrat va ilhom doimo yor