Özbekiston muzeylari içida Xiva Içanqala beştalikda
29-08-2025, 13:08
352 марта
Özbekiston muzeylari içida Xiva Içanqala beştalikdaMilliy statistika qömitasi malumotlariga köra, 2025 yil 1 yanvar holatiga mamlakatimizda jami 138 ta muzey faoliyat yuritmoqda (filiallari bilan birga). 2024 yil davomida ularga 4,8 million kişi taşrif buyurgan. Şuning 1,4 milliondan ziyodi xorijlik sayyohlardir.
Sayyohlar eng köp taşrif buyurgan muzeylar beştaligi quyidagiça:
1️⃣ Samarqand davlat muzey-qöriqxonasi — 1 035 325 nafar
2️⃣ Registon ansambli direktsiyasi — 908 225 nafar
3️⃣ Şon-şaraf davlat muzeyi — 656 355 nafar
4️⃣ Buxoro davlat muzey-qöriqxonasi — 489 208 nafar
5️⃣ Xiva Içanqala davlat muzey-qöriqxonasi — 456 917 nafar
Şunday qilib, Xivadagi tarixiy Içanqala muzey-qöriqxonasi mamlakatdagi eng maşhur beş muzey qatoriga kirdi va yurtimizga taşrif buyurayotgan minglab mahalliy va xorijiy sayyohlarni öziga jalb etmoqda.