USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Içan qala tarixiy bölsa, “Arda Xiva” Xorazmning zamonaviy “taşrif qoğozi” böladi-Prezident

586 марта
Içan qala tarixiy bölsa, “Arda Xiva” Xorazmning zamonaviy “taşrif qoğozi” böladi-Prezident


Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yuzaga çiqariş böyiça qilinayotgan işlar katta natija bermoqda. Buni hududga xorijiy sayyohlarning taşrifi yetti-sakkiz yil oldingi davrga nisbatan 30 barobar köpayganida ham köriş mumkin. Sohadagi özgarişlar hisobiga viloyat turizm xizmatlari eksporti 2017 yildagi 7 million dollardan ötgan yilda 380 million dollarga yetdi. 

Sir emas, ilgari hudud turizmi haqida gapirilganda köpçilik faqat Içan qalani hayoliga keltirar edi. Keyingi vaqtlarda bu boradagi qaraşlar butunlay özgardi. Sayyohlar uçun qirqdan ortiq turistik yönalişlar işlab çiqildi va ularning umumiy soni yuztaga yetdi.
Endi bu yerda yana bir noyob majmua – “Arda Xiva” bor. Uning oçilişi Xorazm viloyatiga Prezident taşrifining muhim voqeasi böldi.
Majmua qadim kent içra yana bir betakror şaharni eslatadi. Mazkur maskan özida tarix va bugunni uyğunlaştirgan memoriy yeçimi bilan noyob loyiha sanaladi.
“Arda Xiva” hududdagi 25 gektarlik past unumli, şörxok maydonda qurildi. Uning bir tomoni 150 gektarlik Ğovuk kölga tutaşib ketgani, bu maydonlarda esa yaşil hududlar taşkil etilayotgani loyihani sayyohlar uçun yanada jozibador körsatişga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbari majmua böylab yurib, bunyodkorlik işlarini közdan keçirdi. Hunarmandçilik, badiiy va amaliy sanat körgazmalari hamda bozor rastalarini tomoşa qildi.
Bu yerda sayyohlarga xizmat körsatiş uçun barça qulayliklar yaratilgan. Xususan, qadimiy şahar muhitini aks ettiruvçi binolar, jami ming örinli 20 ta mehmonxona qurildi. Oçiq-yopiq akvapark va attraktsionlar, uç ming örinli amfiteatr va musiqali favvora barpo etildi.
Şuningdek, tarixiy qiyofadagi 11 ta hunarmand uyi, şarqona bozor, “Köhna Urganç” muzeyi mehmonlar uçun qiziqarli böladi. Ikki kilometrlik kanalda qayiqda sayr qiliş imkoniyati yana bir öziga xos yangilik.
Beşta kinoteatr va kontsert zali, köplab restoranlar, zargarlik markazi, savdo dökonlari va rastalari, suv moto-turizmi joyi hamda avtoturargoh zamonaviy talablarga mos tarzda qurilgan. Hududdagi barça inşootlar uçun yagona sovitiş va isitiş tizimi barpo etilgan. Elektr energiyasi taminoti uçun quyoş panellari örnatilgan.
Majmua yiliga uç million nafar taşrif buyuruvçini qabul qiliş imkoniyatiga ega. Bu yerda ikki mingdan ziyod kişi iş bilan taminlanadi.
Içan qala tarixiy bölsa, “Arda Xiva” Xorazmning zamonaviy “taşrif qoğozi” böladi.
Davlatimiz rahbari şu yerda xorazmlik yoşlar bilan samimiy muloqot qildi.
- Har qanday zaxira, yerosti boyliklari qaçonlardir tugaydi. Lekin bobolarimiz bizga şunday buyuk manaviy meros, uluğvor obidalar qoldirganki, ular asrlar davomida xalqqa xizmat qilib kelayapti. Biz mana şu boylikdan elimiz manfaati yölida foydalanişimiz kerak. Ança işlar qilindi, lekin hali rejalar ham köp. Men bu yölda siz, yoşlarga işonaman. Sizlar baland çöqqilarni közlab, şunga yaraşa bilim olsangiz, zamonaviy kasblarning ustasi bölsangiz, yuksak maqsadlarimizga albatta erişamiz, - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Yoşlarning öqişdagi muvaffaqiyatlari, orzu-intilişlari haqida fikr almaşildi.








Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: