USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

«Deşon qala» xalqqa qaytarilmoqda

358 марта

Özbekiston qadim tarixdan guvohlik beruvçi noyob obidalarga boy. Xorazm viloyatidagi «Içan» va «Deşon» qalalar ana şunday maskanlardan hisoblanadi.

1842 yilda Xiva xoni Olloqulixon buyruği bilan barpo qilingan «Deşon qala», afsuski, bugungi kunda juda xarob ahvolga kelib qolgan. Uzunligi 6200 metr bölgan devorning 2000 metr qismi butunlay vayron bölgan, 2500 metr qismi esa yaroqsiz holga kelgan. Bundan taşqari, devor atrofida uzoq yillar mobaynida bir qança noqonuniy qurilişlar amalga oşirilgan. Oqibatda «Deşon qala» devori atrofida yuriş uçun umuman maydon qolmagan.
Bugungi kunda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi tomonidan «Deşon qala»ni ham aynan «Içan qala»ga öxşaş sayyohlik obektiga aylantiriş, xususan, xarobaga aylangan devorni qayta tiklab, yaşil maydonlarga töla maskan sifatida aholiga qaytariş maqsad qilingan.
Malumot uçun, «Içan qala» — Özbekistonning eng diqqatga sazovor maskanlaridan biri hisoblanadi. Majmuada sayyohlarni öziga jalb qiladigan 58 madaniy meros obekti va arxeologik yodgorliklar, 28 dan ortiq ekspozitsiya, 56 670 tarixiy eksponat va aşyolar, 174 hunarmandçilik dökoni mavjud. 2024 yilda «Içan qala»ga 1 mln nafarga yaqin xorijiy va 3,5 mln nafarga yaqin mahalliy sayyohlar taşrif buyurgan. 2025 yil yakuniga qadar esa 2 mln nafar xorijiy va deyarli 5 mln nafar mahalliy sayyohlar taşrif buyurişi kutilmoqda.
«Deşon qala»nini saqlab qoliş maqsadida Xiva şahrining «Şixlar» mahallasidagi 55 ta turar va noturar obektlarni boşqa hududlarga köçiriş belgilangan. Ularning örnida esa «yaşil maydonlar» va «yaşil boğlar» barpo qiliş, daraxt ekiş, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarini olib boriş közda tutilgan.
Qolaversa, qala devori milliy andozalar asosida qayta tiklanib, eski holatiga qaytariladi va atrofida 1,5-2,0 metr hududda yölaklar oçiladi. Şuningdek, uşbu hududga tutaş bölgan «Şixlar» va «Angarik» mahallalarida zamonaviy sayyohlik majmuasi ham barpo etiladi.
Bu kabi çora-tadbirlar nafaqat «Deşon qala»ni saqlab qoliş, balki uning turizm salohiyatini oşirişga ham xizmat qiladi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: