Mamlakatimizda turizm eksporti salohiyati 10 milliard dollar bölsa, şuning 2 milliard dollari aynan Xorazmga töğri kelişi takidlandi.
2-05-2025, 12:08
304 марта

Lekin bu töliq işga solinmayotgani qayd etildi. Ötgan yili faqat 1,3 million xorijiy turist kelgan va eksport 400 million dollarga ham yetmagan.
Vaholanki, masullarda Xorazmni mintaqadagi yetakçi turistik markazlardan biriga aylantiriş uçun imkoniyatlar yetarli ekani qayd etildi.
Viloyatda jami 263 ta madaniy meros obekti mavjud. Bundan samarali foydalanib, turizm xizmatlarini taşkil etayotgan tadbirkorlar köp. Lekin, Xiva şahri, Xiva va Yangiariq tumanlari hokimlari salohiyati yuqori 14 ta obektni tadbirkorlar bilan turistik maskanga aylantiriş böyiça işlamayotgani körsatib ötildi.
Şu bilan birga, Xorazmdagi köplab madaniy yodgorliklar hali örganilmay turibdi. Hazoraspdagi “Sulaymon qala”, Boğotdagi “Qalajik qala” kabi tarixiy maskanlar, Yangiariqdagi “Xon boği”, “Olma otişgan qala” tarixiy obektlari haqida malumot kam.
Şu maqsadda taşkil etilgan Özbekiston tarixçilar jamiyatining Xorazm bölimi faoliyati davlat byudjetidan taminlanişi belgilandi.
Mutasaddilarga çet eldan tajribali arxeologlarni jalb qilib, tarixiy obidalarni aniqlaş va tiklaş böyiça amaliy işlarni boşlaş topşirildi.
Xorazm va Qoraqalpoğiston hududidagi 8 ta qadimiy qalalarni özaro boğlovçi tört kunlik “Qala tur” marşruti işlab çiqiladi. Uşbu qalalar atrofida master-reja asosida xizmat körsatiş obektlari işga tuşiriladi.