Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning ustuvor vazifalariga bağişlangan yiğiliş boşlandi.
2-05-2025, 12:01
445 марта

“Xorazm – şonli tariximiz bilan yangi islohotlarimiz tutaşgan çorraha, desak mubolağa bölmaydi. Logistika zanjirlaridan uzoqda, tabiiy resurslari çeklangan bu diyorda ötgan yili “Kiçik va örta biznes yili” böldi, deyiş uçun barça asoslarimiz bor”,
- dedi davlatimiz rahbari.
2024 yili viloyatda 7 ming yangi tadbirkor iş boşladi, 47 ta korxona kiçikdan örtaga ötdi, 10 dan ortiq tadbirkorning aylanmasi 200 milliard sömdan oşdi. Bularning hisobiga viloyatda bir yil içida 290 ming aholi işli böldi.
Lekin, katta özgarişlarga qaramasdan viloyatda kambağallik hali ham 12 foiz atrofida, 45 ming fuqaro işsiz ekani, aylanmasi 1 trillion sömdan oşgan atigi 1 ta korxona borligi qayd etildi.
Şu bois, viloyat rahbariyati, 13 ta tuman hokimi har bir imkoniyatni loyihaga aylantirib, yangi iş örinlari yaratişi, sanoat, servis, turizm, qişloq xöjaligi, eksport salohiyatini yanada oşiriş, ijtimoiy soha va infratuzilmadagi muammolarni hal qiliş uçun qatiyat va masuliyat bilan harakat qilişi şartligi körsatib ötildi.