USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Xonqa tumanida barpo etilgan mebelsozlik kiçik sanoat zonasini borib kördi.

1 743 марта
Prezident Şavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga taşrifi doirasida Xonqa tumanida barpo etilgan mebelsozlik kiçik sanoat zonasini borib kördi.

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 21 iyundagi mebel sanoatini rivojlantirişga oid qaroriga muvofiq, salohiyati bor tumanlarda şunday sanoat zonalari taşkil etilmoqda. 


Xonqa tumanida ham avvaldan mebelsoz ustalar köp. Hozirgi kunda bu yönalişda 140 dan ziyod tadbirkor, 500 dan ortiq xonadonda kiçik ustaxonalar bor. Şu paytgaça ularning köpçiligi tor joylarda, noqulay şaroitlarda işlardi.
Şu bois 10 gektar yer ajratilib, mebel mahsulotlarini klaster usulida işlab çiqariş, körgazma va savdo obektlarini öz içiga olgan kiçik sanoat zonasi barpo etildi. Bu yerda 10 million dollarlik 61 ta korxona faoliyat boşlamoqda. 650 kişi iş bilan taminlandi. 
Korxonalarda Germaniya, Italiya, Şveytsariya, Turkiya, Xitoy kabi davlatlardan keltirilgan zamonaviy dastgohlar örnatilgan. Yiliga 108 milliard sömlik uy, ofis, mehmonxona, restoran, savdo va ijtimoiy muassasalar uçun mebellar işlab çiqariş quvvati yaratilgan.
Prezidentimiz ustaxonalardagi iş jarayonini közdan keçirdi. Xorazm viloyatida quriliş kölami oşgani, köplab uy-joylar, mehmonxonalar, bino va inşootlar barpo etilayotganidan unumli foydalanib, korxonalar uçun buyurtmalar şakllantiriş, yangi turdagi mahsulotlarni mahalliylaştiriş zarurligini takidladi.
Mebelsozlik kiçik sanoat zonasida dizayner va texnologlar tayyorlaş böyiça öquv markazi taşkil qilingan. Unga Turkiyadan malakali mutaxassislar jalb etilgan.
Ular bilan muloqotda mebellar sifatini taminlaş, yoşlarning bu böyiça tajribasini oşiriş haqida söz yuritildi. 
Bu yerda işlab çiqarilayotgan mahsulotlar taşqi bozorlarga ham yönaltirilişi közda tutilgan. 3 million dollarlikdan ziyod eksport qilinişi möljallangan.
Yana bir muhim jihati, sanoat zonasida energiya samaradorlikka etibor qaratilgan. Korxonalarning barçasiga quyoş panellari örnatilgan.

Davlatimiz rahbari şourumda mahsulot namunalarini közdan keçirdi, ularning sifatini va dizaynini yuqori baholadi.
Xorazm viloyatida mebel işlab çiqariş bilan 300 dan ortiq korxona şuğullanadi. Sohadagi yakka tartibdagi tadbirkorlar 200 dan ortiq, 1 ming 300 dan ziyod aholi özini özi band qilgan.








Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: