Urgança aeroporti Koreyaning Inçon aeroporti bilan şeriklikda boşqariladi
1-05-2025, 13:59
1 769 марта
Urgança aeroporti Koreyaning Inçon aeroporti bilan şeriklikda boşqariladi Bu ölka qadim tarixi va madaniyati bilan turizm jozibadorligiga ega. Hozirgi iqtisodiy ravnaqi tufayli işbilarmonlik taşriflari ham köpaymoqda. Lekin Urganç xalqaro aeroporti aholi va mehmonlar talabiga töla javob bermayapti. U soatiga 400 nafar yölovçiga xizmat körsata oladi, xolos. Bu qatnovlarni köpaytiriş imkonini bermayapti. Şuning uçun bu aeroportni modernizatsiya qiliş va boşqaruvga beriş közda tutilgan.
Taşrif çoğida davlatimiz rahbariga uşbu loyihaning borişi haqida axborot berildi.
Bu borada 2024 yil 1 avgustda elon qilingan oçiq tender ikki bosqiçda ötkazilib, unda Frantsiya, Koreya, Turkiya, Qatar kabi davlatlardan sakkizta kompaniya iştirok etdi. Yakunda idoralararo tender komissiyasining qarori bilan Koreya Respublikasining Inçeon International Airport Corporation kompaniyasi ğolib deb topildi.
Prezidentimiz uşbu kompaniya va loyiha rahbarlari bilan suhbatlaşdi.
Kompaniya prezidenti Inçon xalqaro aeroporti siğimi böyiça dunyoda uçinçi örinda turişi, servis böyiça yetakçilardan biri ekanini aytdi. Urganç kompaniyaning ikkinçi aeroporti bölişini takidlab, uni yangilaş va boşqariş rejalarini malum qildi.
Davlatimiz rahbari bunday ilğor kompaniya bilan şeriklikdan xursandligini takidlab, özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş böyiça fikrlarini bildirdi.
- Xorazmda köplab zamonaviy mehmonxonalar, dam oliş va savdo markazlari barpo etayapmiz. Kelajakda sayyohlar oqimini 5 millionga yetkazişni maqsad qilganmiz. Buni aeroport bilan hamohang qilsak, özaro manfaatli böladi, daromad köpayadi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Xorijiy aviakompaniyalar bilan hamkorlikda samolyotlar olib kelib, taşuvlarni köpaytiriş böyiça fikr almaşildi. Uşbu şeriklikdan foydalanib, servis böyiça Koreya tajribasini örganiş, mutaxassislarimizni öqitiş va malakasini oşiriş zarurligi takidlandi.
Loyihaning umumiy qiymati 223 million AQŞ dollari bölib, uning doirasida yangi uçiş-qöniş yölagi, yölovçi va yuk terminallari quriş, “ICAO” talablariga javob beruvçi yoritiş-signal qurilmalari örnatiş, maxsus texnikalar xarid qiliş közda tutilgan.
Quriliş-rekonstruktsiya işlari 2025-2027 yillar davomida amalga oşiriladi. Bularning natijasida aeroport Boeing 747 va Airbus 350 kabi yirik havo kemalarini qabul qiliş imkoniga ega böladi. Aerovokzalning umumiy maydoni 39 ming kvadrat metrga yetib, soatiga 1 ming 300 nafar yölovçiga xizmat körsatiş quvvati yaratiladi.
Umuman, bunday zamonaviy infratuzilma orqali Xorazm aeroporti eng qulay yönalişlardan biriga aylanadi. Xorazmning xorijlik sayyohlar uçun jozibadorligini oşirişga hamda mamlakatimiz aviatsiya sohasini rivojlantirişga hissa qöşadi.
Bölajak yangi terminal loyihasi ham taqdimot qilindi. Prezidentimiz uning içki va taşqi qiyofasida milliy ruhni aks ettiriş böyiça tavsiyalar berdi.
Şu yerda davlatimiz rahbari jurnalistlar bilan ham muloqot qildi. Xorazmga taşrifdan maqsad yangi marralarni belgilab, iqtisodiyot körsatkiçlarini yanada oşiriş, viloyatda yaşayotgan 2 milliondan ziyod aholining şaroitini yaxşilaş, iş örinlari oçib, odamlarning daromadini köpaytiriş ekani takidlandi.




