USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Xiva şahrida “Arda Xiva” xalqaro turizm markazining tantanali oçiliş marosimidagi nutqi

1 043 марта




Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Xiva şahrida “Arda Xiva” xalqaro turizm markazining tantanali oçiliş marosimidagi nutqi 


Assalomu alaykum, qadrli vatandoşlar, muhtaram Xorazm ahli!
Hurmatli mehmonlar!
Bugun siz, azizlar bilan şonli tariximiz ustunlari va Yangi Özbekiston poydevori çambarças boğlangan mötabar diyorda – qadimiy Xorazmda diydor körişib turganimdan benihoya xursandman.
Xorazm dunyo tsivilizatsiyasi va madaniyatiga bebaho hissa qöşgan Şarq gavharidir. Bu köhna yurt jahonga donği ketgan ne-ne olimu fozillar, sarkarda va sultonlar, aziz avliyolar, betakror şoir va hofizlar vatanidir.
Ilm-marifat maşallari bölgan Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Pahlavon Mahmud, Ogahiy, vatanparvarlik timsoli bölgan Najmiddin Kubro va Jaloliddin Manguberdi singari uluğ zotlar xalqimizning faxru iftixoridir.
Şu manoda, jahon olimlarining: “Uluğ novator Beruniy fanning bir qator hal qiluvçi yönalişlarida öz davridan 500 yillab, hatto undan ham köproq ilgarilab ketgan”, degan etiroflari bu zaminning buyuk salohiyatidan dalolat beradi.
Xorazmning havas qilsa arziydigan yana bir bebaho boyligi bor. Bu – uning muhtaşam tarixiy obidalaridir. Oçiq osmon ostidagi şahar-muzey – “Içan qala” majmuasi umumbaşariyat xazinasi sifatida YuNESKO röyxatiga kiritilgani ham fikrimizni tasdiqlaydi.
Etibor bering, viloyatda 260 dan ziyod madaniy meros obekti mavjud. Va ularning tarixi bir neça asrlarga borib taqaladi. Heç şubhasiz, ular özining noyob va gözal memoriy qiyofasi bilan nafaqat Özbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning jahon ravnaqidagi betakror örnini belgilab beradigan tirik tarixdir.
Aziz yurtdoşlar!
Bugungi kunda biz Yangi Özbekistonni barpo etiş maqsadida özgariş va yangilanişlar yölini qatiyat bilan davom ettirmoqdamiz.
Boşlagan islohotlarimiz doirasida tinçlik va döstlik jabhasi bölmiş turizmni rivojlantirişga alohida strategik yönaliş sifatida etibor qaratib kelayotganimiz albatta bejiz emas. Çunki, turizm – bu faqat sayru sayohat, mazmunli dam olişgina emas. U avvalo ellarni ellarga, dillarni dillarga boğlaydigan, mehnatkaş va bağrikeng xalqimizning boy madaniyati va tarixiy merosini, uning oçiq qalbini dunyoga namoyon qiladigan közgudir.
Biz tarixiy yodgorliklar, madaniy meros obektlarini asrab-avaylab, ularni global turizm tarmoğiga faol jalb etiş borasida keng qamrovli islohotlarni amalga oşirmoqdamiz.
Şu bilan birga, milliy memorçilik yeçimlarini qöllagan holda, bir vaqtning özida tarix va zamonaviylikni mujassam etgan yirik turistik majmualarni köpaytirişga alohida urğu beryapmiz.
Algebra va algoritm asosçisi Muhammad Xorazmiy bobomiz aytganlaridek: “Tartib va töğri hisob-kitob – har qanday yutuqning garovidir”. Şu sababli ham mamlakatimizda turizm salohiyatini yuksaltiriş böyiça aniq va puxta rejalar asosida iş yuritilmoqda.
Biz bundan uç yil oldin Samarqandda “Boqiy şahar” deb nom olgan yirik turistik majmuani işga tuşirgan edik. Bugun esa Xorazm zaminida “Arda Xiva”,  oddiy qilib aytganda, “Boqiy Xiva” kompleksi tantanali ravişda oçilmoqda. Bu noyob majmua ulkan rejalarimizning yana bir amaliy natijasidir.
Qisqa fursatda bunyod etilgan uşbu muhtaşam xalqaro turistik maskanda 17 ta mehmonxona va mehmon uylari, 9 ta restoran, har biri kuniga 2 ming sayyohga xizmat qiladigan oçiq va yopiq akvaparklar, 3 ming örinli amfiteatr, 5 ta kino va kontsert zali, körgazmalar paviloni, 70 ta dökon, 300 ta savdo rastasi, 11 ta hunarmandlar uyi, Şarq bozori va zargarlik markazi, favvoralar, sayr uçun 4 kilometrli sohil böyi yölagi işga tuşmoqda.
Bu borada Xorazmning şonli ötmişidan hikoya qiladigan “Köhna Urganç” muzeyi aholimiz va sayyohlarning sevimli maskaniga aylanişi şubhasiz.
Ana şunday işlarimiz hisobidan viloyatga turistlar oqimi qöşimça ravişda 1 million nafarga oşadi, xizmatlar 1,2 trillion sömga köpayadi, kamida 2 mingta iş örni yaratiladi.
Işonçim komil, “Arda Xiva” Xorazmdagi turizm rivojida yangi sahifa oçadi, viloyatning ikkinçi “taşrif qoğozi”ga aylanadi.
Fursatdan foydalanib, uşbu majmuaga sarmoya kiritgan tadbirkor va investorlarga, fidokorona mehnat qilgan quruvçi va mutaxassislarga, bu ezgu işga munosib hissa qöşgan barça insonlarga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Uşbu betakror maskan Xorazmga, butun xalqimizga muborak bölsin!
Hurmatli Xorazm ahli, aziz mehmonlar!
Xorazmning hali işga solinmagan turistik salohiyati juda katta. Xabaringiz bor, Xiva tumanidagi 2 ming 400 gektar yerni Xiva şahriga ötkazyapmiz. Bu joyda “Sahro yulduzi” turistik kompleksi bunyod etiladi. Bu hududda mehmonxonalar, köngiloçar markazlar, gastronomik va savdo köçalari, muzeylar, ekouylar, yozgi lager, ekstremal turizm obektlari barpo etiladi.
Kompleks qurilişi böyiça işlarni şu yildan keçiktirmasdan boşlaymiz. Boş vazir A.Aripov bunga boş-qoş böladi.
Şuningdek, Tuproqqalada çöl hududidagi 5 ming gektar yerda safari va ov turizmi rivojlantiriladi. Urganç şahri, Şovot, Qöşköpir, Xiva va Hazoraspdan oqib ötadigan Ğazovot, Polvon, Şovot kanallari böylarida 50 million dollarlik 80 ta xizmat körsatiş, savdo-köngiloçar obektlari işga tuşiriladi. Boğot, Gurlan, Yangibozor va Urganç tumanida turizm qişloqlari taşkil etiladi.
Biz ajdodlarimiz qoldirgan beqiyos ilmiy-manaviy merosni asrab-avaylaş, boyitiş va dunyoga keng tarğib etişni öz oldimizga uluğ maqsad qilib qöyganmiz. Şu bois, Mamun akademiyasi binosi oldidagi 2 gektar boğ “Buyuk allomalar” nomli oçiq osmon ostidagi “smart” muzeyga aylantiriladi. Şu asosda Xorazm yurtida kamol topgan önlab mumtoz ajdodlarimizning ibratli hayot yöli, boy ijodiy merosi interaktiv usulda bir neçta xorijiy tillarda sayyohlarga taqdim etiladi.
Kuni keça Urganç şahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi yangi universitet va IT maktabini taşkil etiş böyiça alohida qarorni imzoladim. Aminmanki, bu talim dargohlari bölğusi xorazmiylar, beruniylar bilim oladigan öquv maskanlariga aylanadi.
Hurmatli yurtdoşlar!
Bir masalaga etiboringizni qaratmoqçiman. Amudaryoning ikki sohilida joylaşgan Xorazm va Qoraqalpoğiston elini Xudoi taoloning özi taqdirdoş qilib yaratgan. Bu ikki qöşni hududning tarixi, madaniyati va urf-odatlarini bir-biridan alohida tasavvur qilib bölmaydi.
Şu bois, Xorazmda turizmni rivojlantirişni Qoraqalpoğiston bilan hamohang ravişda, yagona kontseptsiya asosida amalga oşiramiz.
Buning uçun “Xorazm – Qoraqalpoğiston” turizm halqasi loyihasi işlab çiqiladi. Masalan, Xivadan 80 kilometr masofada Ellikqala tumani joylaşgan bölib, bu yerda turistlar uçun jozibador bölgan “Ayozqala” va “Tuproqqala” yodgorliklari bor. Şuningdek, tumandagi “Axçaköl”da plyaj turizmini rivojlantiriş uçun barça infratuzilma mavjud. Yoki Beruniy tumanidagi “Sulton Uvays” qadamjosi ziyorat turizmi uçun nodir maskanlardan biri hisoblanadi. Bunday misollarni köplab keltiriş mumkin.
Şuning uçun, uşbu hududlarni özaro boğlaydigan yöl, yölböyi infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça katta dastur boşlaymiz. Bundan taşqari, “Urganç – Gurlan – Manğit” avtomobil yöli töliq rekonstruktsiya qilinadi.
Sönggi yillarda Xiva şahriga temir yöl tortilib, yangi vokzal qurildi, “Buxoro–Urganç–Xiva” temir yöli töliq elektrlaştirildi. Sizlar bilan kelişib olganimizdek, 2026 yilda uşbu yönaliş böylab Jaloliddin Manguberdi nomi bilan ataladigan zamonaviy tezyurar poyezdlar qatnovi yölga qöyiladi. Eng muhimi, yaqin kelgusida bu tezyurar poyezdlar Nukusgaça boradi.
Bugungi anjumanda köplab xorijlik döstlarimiz iştirok etmoqda. Keling, qadrli mehmonlarimizni çin dildan qutlab, ularga yana bir bor hurmat va ezgu tilaklarimizni bildiraylik!
Albatta, Xorazmga bir marta kelgan odam unga umrbod maftun bölib qoladi. Işonçim komil, siz, azizlar ham bu gözal va betakror yurtdan olam-olam unutilmas taassurotlar bilan qaytasizlar.
Şu bilan birga, mamlakatimizning har bir hududi öziga xos suluv tabiati, boy madaniyati, urf-odati, tarixiy obidalari va bir-biridan lazzatli taomlari, nozu nematlari bilan ajralib turadi.
Mamlakatimizga yana bir bor taşrif buyuring, boşqa hududlarimizni ham köring, yurtimiz haqidagi xolis fikrlaringizni yaqinlaringiz bilan örtoqlaşing.
Yangi Özbekiston sayyohlar uçun xavfsiz, xilma-xil kontentlarga boy, yorqin taassurotlarga töla turistik makon sifatida xotirangizda hamişa muhrlanib qoladi.
Özbekistonga xuş kelibsiz, aziz döstlar!

Qadrli yurtdoşlar!

Bugun dunyodagi murakkab vaziyatga qaramasdan, Özbekiston öz yölidan dadil bormoqda. Xalqimiz tinçlik va farovonlik, döstlik va hamkorlik, bunyodkorlik ruhi bilan yaşamoqda.
Bizning har bir maqsad-rejamiz, har bir islohotimiz odamlarimiz hayotini yaxşilaşga, ularni rozi qilişga qaratilgan va bu işlarimiz, inşoolloh, bardavom bölgay.
Aminmanki, siz, azizlar bilan fidokorona mehnat qilib, Xorazm va Qoraqalpoğistonni dunyodagi eng gözal va obod, ilm-fan va innovatsiyalar, madaniyat va sanat yanada rivojlangan zaminga aylantiramiz.
Ana şu olijanob maqsad yölida barçangizga mustahkam soğliq, xonadonlaringizga tinçlik va fayzu baraka tilayman.
Jonajon Vatanimiz hamişa omon bölsin!
Özbekistonimiz gullab-yaşnasin!
Katta rahmat sizlarga!

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: