Özbekistonda 4-marotaba “Xalqaro baxşiçilik sanati festivali” ötkazildi
30-04-2025, 06:07
288 марта
Özbekistonda 4-marotaba “Xalqaro baxşiçilik sanati festivali” ötkazildi Joriy yilning 26-28-aprel kunlari Xivada YuNESKO va AYSESKO şafeligida IV Xalqaro baxşiçilik sanati festivali ötkazildi. Unda, dunyoning 40 dan ortiq davlatlaridan 200 nafarga yaqin vakillar iştirok etişdi.
Baxşiçilik – ming yilliklar bilan yuzlaşgan xalqona va boqiy sanatdir. Har qaysi xalqning azaliy tarixi va madaniyati eng avvalo uning oğzaki ijodi folklor sanatida, doston va eposlarida mujassam topgan bölib, ular millatning özligini anglaş, uning öziga xos milliy qadriyatlari va ananalarini saqlaş va rivojlantirişda bebaho manba hisoblanadi.
Özbek milliy baxşiçilik va dostonçilik sanatining noyob namunalarini asrab-avaylaş va rivojlantiriş, uni keng tarğib qiliş, yoş avlod qalbida uşbu sanat turiga hurmat va etibor tuyğularini kuçaytiriş, turli xalqlar örtasidagi döstlik va birodarlik riştalarini mustahkamlaş, ijodiy hamkorlik, madaniy-manaviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kengaytiriş maqsadida, 2019-yildan buyon “Xalqaro baxşiçilik sanati festivali” ötkazilib kelinmoqda.
Festival ilk marotaba 2019-yilda Surxondaryo viloyatida ötkazilgan, şuningdek, 2021-yilda Qoraqalpoğiston Respublikasida, 2023-yilda esa Sirdaryo viloyatida ötkazilgan.
26-aprel kuni Xiva şahrida IV Xalqaro baxşiçilik sanati festivalining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Festivalning oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Prezident Administrasiyasi departamenti rahbari Abdurahmonov Odil Qalandaroviç, Özbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti – TURKSOY boş kotibi Sultan Rayev, Turkiy madaniyat va meros jamğarmasi prezidenti Aktoti Raimkulova, AYSESKO Xalqaro hamkorlik sektori rahbari Z.Muhammed, Turkiy Parlament Assambleyasi Boş kotibi Mehmet Sureyya Er, Turkiy Akademiya Prezidenti Şahin Mustafayev, Ozarbayjon madaniyat vaziri Adil Kerimli, Qirğiz Respublikasi madaniyat, axborot va yoşlar siyosati vaziri örinbosari Gulbara Abdukalikova hamda turkiy davlatlarning nufuzli oliy talim muassasalari rektorilari iştirok etişdi.
Festivalning oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning IV Xalqaro baxşiçilik sanati festivali iştirokçilariga bayram tabrigini Özbekiston Respublikasi Prezident Administrasiyasi departamenti rahbari Abdurahmonov Odil Qalandaroviç öqib eşittirdi.
26-27-aprel kunlari festival doirasida “Ikkinçi Turkiy dunyo madaniyati forumi” hamda “Yangi Özbekistonda baxşiçilik sanati: zamonaviy tadqiqotlar va istiqbollar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ötkazildi. Mazkur anjumanda Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qirğiziston, Qozoğiston kabi davlatlarning nufuzli ilm maskanlaridan taşrif buyurgan taniqli folklorşunos olimlar baxşiçilik sanati tarixi va jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan örni haqidagi qiziqarli maruzalarini taqdim qildilar. Xususan, filologiya fanlari doktori, professorlar Karl Reiçel, Fikrat Turkman, Eunkyung Oh, Hikmat Guliyev, Oğuz Mehmet Ojal, Ismet Çetin, Anarboy Buldiboy, Selami Fidakor, Metin Ekiji, Talantali Bakçiyev, Gulnor Husainova, Aynur Ibrahimova kabi xalqaro miqyosda taniqli folklorşunos olimlar sohaning dolzarb muammolari haqida maruza qildilar.
Şuningdek, anjumanda mamlakatimizning turli oliy öquv yurtlarida, ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat yuritayotgan folklorşunos olimlar, baxşiçilik va xalq oğzaki ijodi masalalariga qiziquvçi tadqiqotçilar ham sohaga aloqador ilmiy-nazariy maqolalari bilan faol iştirok etdilar.





