Xorazmda kuraş böyiça Pahlavon Mahmud xotirasiga bağişlangan IV Markaziy Osiyo xalqaro turniri boşlandi
19-04-2025, 11:58
401 марта
Urganç şahridagi “Yoşlik” sport majmuasida kuraş milliy sporti böyiça nufuzli musobaqa Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uçun – Pahlavon Mahmud xotirasiga bağişlangan IV Markaziy Osiyo xalqaro turnirining oçiliş marosimi bölib ötdi.Musobaqada Özbekiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afğoniston davlatlaridan kuraşçi polvonlar iştirok etişmoqda.
Mazkur nufuzli turnir milliy merosimiz xisoblangan özbek kuraşining boy ananalarini kelajak avlodlarga yetkaziş, xalqaro nufuzni oşiriş, kuraşni jahon sporti durdonasiga aylantiriş, Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida döstona aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qiladi desak mubolağa bölmaydi.
Fursatdan foydalanib tadbirda "Beş taşabbus olimpiadasi" doirasida kuraş böyiça "Boş prokuror kubogi" musobaqalariga ham start berildi.







