Quvurni yorgan quriliş. Masullar nega qoçyapti?
Keça, 3 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi Yakkasaroy tumani Dilbuloq mahallasi hududida qurilayotgan köp qavatli turarjoy binosining quriliş işlarida ehtiyotsizlik oqibatida şaharning asosiy kanalizatsiya quvurlaridan birini yorib yuborilganligi haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ muxbiri voqea joyiga çiqib holatni örgandi.
Örganiş davomida mazkur quriliş obekti “Better Best” nomli quriliş loyihasi ekanligi, uşbu turarjoy binosi 2200 ta xonadonga möljallanganligi aniqlandi. Biroq quriliş işlarini amalga oşirgan kompaniyaga aloqador biror masul şaxsni topişning imkoni bölmadi.
Kanalizatsiya quvuri yorilgaç, Yakkasaroy tuman Suvoqova taşkiloti xodimlari kengaytirilgan işçi guruh bilan avariya oqibatlarini bartaraf etiş işlarini olib borayotganiga guvoh böldik.
Malumki, Özbekiston Respublikasining Şaharsozlik kodeksiga muvofiq quriliş işlari şaharsozlik normalari va qoidalari asosida amalga oşirilişi şart. Amaldagi sanitariya va şaharsozlik normalariga köra, diametri 1000 millimetrdan katta bölgan magistral suv quvurlari atrofida har ikki tomondan kamida 20 metrgaça muhofaza hududi belgilanadi.
Bu hududda quriliş işlarini amalga oşiriş qatiy talablar asosida va tegişli taşkilotlar bilan kelişilgan holdagina mumkin.
Jurnalistik suriştiruv davomida uşbu magistral quvurning diametri 1700 millimetr ekani malum böldi. Biroq kuzatuvlarimizga köra, quriliş işlari quvurning deyarli biqinida — taxminan 1,5–2 metr masofada olib borilgan.
Yakkasaroy tuman oqova suv tarmoqlari bölimi boşliği Nuriddin Sayifxöjayevning aytişiça, mazkur quriliş işlari ularning taşkilotidan tegişli texnik şartlar va ruxsatnomalar olinmasdan boşlangan.
Mazkur noxuş hodisaning özi quriliş jarayonlarida bir qança qonun buziliş holatlari bölganidan darak beradi.
Masul taşkilotlar uşbu holatga huquqiy baho beradimi, quriliş işlari qay tarzda va kimning ruxsati bilan amalga oşirilgani oçiqlanadimi — bu hozirça oçiq qolmoqda.
Voqea tafsilotlari bilan batafsil tanişiş uçun QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasi orqali uşbu videoni tomoşa qiling.