Yakkasaroyda yirik kanalizatsiya quvuri yorilib ketdi
Bugun, 3 iyul kuni Yakkasaroy tumanidagi “Beter best” MÇJ quriliş obektida kanalizatsiya quvuriga şikast yetişi oqibatida yer öpirilişi holati kuzatildi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, mazkur hududdagi kanalizatsiya tarmoğida sodir bölgan texnik nosozlik oqibatida quvurga şikast yetgan. Oqibatda yer qoplamasining qisman çökişi va öpirilişi kuzatilgan.
Bildirilişiça, hodisa oqibatida jabrlanganlar yöq.
Tuman hokimligiga köra, ayni vaqtda vaziyat töliq nazoratga olingan. Voqea joyida şahar masul mutasaddilari, tegişli kommunal xizmatlar hamda mutasaddi taşkilotlar vakillari tomonidan tezkor örganiş va tiklaş işlari olib borilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan hodisaning kelib çiqiş sabablari aniqlanib, nosozlikni bartaraf etiş, hududni xavfsiz holatga keltiriş hamda bunday holatlarning takrorlanişining oldini oliş yuzasidan zarur çoralar körilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Çirçiq daryosi qirğoğining Toşkent şahar Bektemir tumani hududidan ötgan qismi öpirilib ketgan edi.