“Open budget”ning yangi mavsumi qaçondan boşlanişi aytildi
Joriy yilning 15 iyulidan boşlab “Taşabbusli byudjet” jarayonining 2026 yilgi ikkinçi mavsumi boşlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, bu “Taşabbusli byudjet” jarayoni joriy etilganidan buyon ötkazilayotgan ön birinçi mavsum hisoblanadi.
Bunda:
- 15 iyuldan 3 avgustgaça – loyihalarni kiritiş;
- 4-18 avgust kunlari – loyihalarni saralaş;
- 19-21 avgust kunlari – tarğibot bosqiçi;
- 22-31 avgust kunlari – ovoz beriş bosqiçi;
- 1-10 sentyabr kunlari – qöşimça ğoliblarni elon qiliş bosqiçi ötkaziladi.
Malumot uçun, ananaviy ovoz beriş bosqiçi yakunlariga köra ğolib loyihalar 1 sentyabr – Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni elon qilinadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Taşabbusli byudjet”ning joriy yilgi birinçi mavsumi yakunlariga köra, ğolib böla olmagan 47 ta loyiha uçun qöşimça mablağ ajratilgani haqida xabar berilgan edi.