“Open budget”ning yangi mavsumi qaçondan boşlanişi aytildi
28-01-2026, 11:05
653 марта

“Open budget”ning yangi mavsumi qaçondan boşlanişi aytildi
Joriy yilning 1 fevralidan “Taşabbuskor xalq uçun — yangi imkoniyatlar mavsumi” şiori ostida “Taşabbusli byudjet” jarayonining 2026 yilgi ilk mavsumi boşlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.Malum qilinişiça, uşbu mavsum “Taşabbusli byudjet” jarayoni joriy etilganidan buyon ötkazilayotgan öninçi – yubiley mavsum hisoblanadi.
Bunda:
- 1–20 fevral kunlari loyihalarni kiritiş;
- 21 fevraldan 7 martgaça loyihalarni saralaş;
- 8–10 mart kunlari tarğibot bosqiçi;
- 11–20 mart kunlari ovoz beriş bosqiçi;
- 21–31 mart kunlari qöşimça ğoliblarni elon qiliş bosqiçi ötkaziladi.
Malumot uçun, 2024 yilning mart oyidan taşabbusli byudjetlaştiriş jarayonida ovoz berişda soğlom raqobat muhitini yaratiş maqsadida “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etilgan. Raqamli hukumat loyihalarini boşqariş markazi bilan hamkorlikni yölga qöyiş orqali ovoz beriş jarayonida fuqarolarni identifikatsiya qiliş hamda bir fuqaro tomonidan berilgan bitta ovozni qabul qiliş tizimi joriy etiladi.