“Qöqon holvasi” patentlandi
Farğona viloyatining maşhur şirinliklaridan biri “Qöqon holvasi” geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, mazkur röyxatga oliş orqali mahsulotning nomi, ananaviy tayyorlaş usuli hamda öziga xos xususiyatlari huquqiy himoyaga olingan.
Qadimdan Qöqon şahri hunarmandçilik va milliy qandolatçilik rivojlangan hududlardan biri bölgan. Şu zaminda şakllangan Qöqon holvasi özining tami, tayyorlaniş texnologiyasi va sifati bilan yillar davomida maşhur bölib kelgan.
Bildirilişiça, mahsulotga geografik körsatkiç maqomining berilişi uning asl nomidan noqonuniy foydalanişning oldini oliş, ananaviy tayyorlaş usullarini saqlab qoliş hamda mahalliy brendni rivojlantirişga xizmat qiladi.
Şuningdek, bu Farğona viloyatining gastronomik merosini asraş va Qöqon holvasini xalqaro miqyosda tarğib qiliş yölidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Malumot uçun, geografik körsatkiç mahsulotning muayyan hudud bilan boğliqligini hamda uning sifati va obrö-etibori aynan şu hududning tabiiy va ijtimoiy omillari bilan çambarças boğliq ekanini tasdiqlovçi intellektual mulk obekti hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Andijon devzira oşi” geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazilgandi.