Toşkentda issiq suv öçiriladi
Profilaktika işlari munosabati bilan bugun, 9 iyulga ötar keçasi Toşkent şahrida issiq suv taminoti vaqtinça töxtatiladi. Bu haqda “Veolia Energy Taşkent” xabar berdi.
Qayd etilişiça, bunga issiqlik tarmoqlarida gidravlik sinovlar ötkazilişi sabab bölmoqda.
Malumotlarga köra, profilaktik tadbirlar aholi uçun noqulayliklarni kamaytiriş maqsadida tungi vaqtda soat 00:00 dan 06:00 gaça amalga oşiriladi.
Bildiriliştça, opressovka issiqlik tarmoqlariga texnik xizmat körsatişning majburiy bosqiçi hisoblanadi. Sinovlar davomida quvurlar yuqori bosim ostida tekşirilib, mavjud nosozliklar oldindan aniqlanadi. Bu esa kuz-qiş mavsumida yuzaga kelişi mumkin bölgan avariyalarning oldini olişga xizmat qiladi.
Issiq suv quyidagi hudud va köçalarda vaqtinça öçiriladi:
Mirzo Uluğbek tumani:
Mustaqillik şoh köçasi, Mirzo Uluğbek, Buyuk Ipak yöli, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqörğon, Ötkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, Yassi, Qalandar, Böz, Çust, Kattaxon, Ibrohima Möminova, Niyozbek yöli, Kiçik va Katta halqa yöli, Dörmon yöli, Şahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Boğişamol, Namangan, Zarbuloq, Qirqyigit, Ozodlik, Yalanğoç massivi, Toşselmaş, Hamğoz qişloği hamda Toşkent davlat agrar universiteti hududi.
Yunusobod va Şayxontohur tumanlarining ayrim hududlari:
Amir Temur şoh köçasi, Mustaqillik köçasi, Osiyo, Boğişamol, Minor, Çingiz Aytmatov, Kiçik halqa yöli, Hamid Olimjon, Mingörik, Abdulla Qodiriy, Bodomzor, Körgazma, Qözitarnov, Ğirghirtepa, Şivli, Şuhrat, Boğirovon, Mukarrama Turğunboyeva, Gulsaroy, Sebzor, Olmazor, Nurafşon, Qoraqamiş dahalari hamda C-1, C-2, C-5, C-6, C-12, C-15, C-17, C-18 massivlari.
Mutasaddilar aholidan noqulayliklar uçun uzr sörab, zarur ehtiyoj uçun issiq suvni oldindan jamğarib qöyişni tavsiya qildi.