Dilnozaxon Kattaxonova Boş vazirga örinbosar böldi
Bugun, 10 iyul kuni Dilnozaxon Kattaxonova Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti tegişli farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, Dilnozaxon Sobir qizi Kattaxonova Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimiga tayinlangan va şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi direktorining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Malumot uçun, 1991 yil 2 iyulda Qöqon şahrida tavallud topgan Dilnozaxon Kattaxonova 2014 yilda Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetining bakalavriatini bitirgan. 2016-2017 yillarda Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi Xalqaro aloqalarni rivojlantiriş va nodavlat-notijorat taşkilotlarni qöllab-quvvatlaş bölimi boş mutaxassisi lavozimida işlagan.
Dilnozaxon Kattaxonova 2017 yil 5 iyulda Yoşlar masalalari böyiça Respublika kengaşi yiğilişida Özbekiston yoşlar ittifoqining Markaziy Kengaşi raisining örinbosari etib saylangan. Şuningdek, 2018 yildan hozirgi vaqtga qadar Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi mustaqil tadqiqotçisi hisoblanadi.
2020 yil 10 iyul kuni yangi taşkil etilgan Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligining direktor örinbosari etib tayinlangan Kattaxonova 2023 yil 20 dekabr kunidan boşlab Yoşlar işlari agentligi direktorining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.