Madaniyat vaziriga yangi örinbosarlar tayinlandi
Bugun, 10 iyul kuni Özbekiston Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziriga yangi örinbosarlar tayinlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti tegişli qarorni imzoladi.
Qarorga muvofiq, Nodirbek Baxtiyoroviç Sayfullayev Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan.
Şuningdek, Jahongir Odilxöjayeviç Ahmedov Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinçi örinbosari – Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori lavozimiga tayinlangan.
Bundan taşqari, Odiljon Abduğaniyeviç Abduqahhorov ham Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining örinbosari lavozimiga tayinlangan.
Şu bilan birga, Sanjar Baxtiyoroviç Bobojonov Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining örinbosari lavozimiga tayinlangan va şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat böyiça vakili bölinmasining boş inspektori lavozimidan ozod etilgan.
Boşqa işga ötişi munosabati bilan Bahodir Majidoviç Ahmedov, Avazxon Bahodiroviç Tojixonov Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinçi örinbosari lavozimidan, Murodjon Abdullayeviç Majidov, Yusufjon Kamoliddinoviç Usmonov Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining örinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Hasan Solihov Özbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat böyiça vakili lavozimiga tayinlangandi.