Özbekistonda metall mahsulotlariga ehtiyoj 1,5 barobar oşişi kutilmoqda
Özbekistonda metall mahsulotlarga yillik ehtiyoj 2030 yilgaça 1,5 barobar oşişi kutilmoqda. Bu haqda bugun, 13 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazayotgan qora metallurgiya sanoatini yangi bosqiçga olib çiqiş böyiça ustuvor vazifalar yuzasidan yiğilişda söz bordi.
Qayd etilişiça, davlat rahbari qora metallurgiya quriliş, quriliş materiallari, avtomobilsozlik, maşinasozlik, energetika va elektrotexnika kabi jami 50 milliard dollarlik iqtisodiyot tarmoqlari uçun asosiy xomaşyo manbalaridan biri ekanini takidlagan.
Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion ösiş modeliga ötkazib, yalpi içki mahsulotni 2030 yilda 240 milliard dollarga yetkaziş uçun yiliga kamida 8-9 foizli ösişni taminlaş zarurligi qayd etilgan.
Şu bilan birga, sohada importga qaramlik, tannarx va energiya sarfining yuqoriligi, raqamlaştiriş va suniy intellektni joriy qiliş böyiça natijalar yetarli emasligi körsatib ötilgan.
Ayniqsa, jahondagi ziddiyatlar va asosiy transport yölaklaridagi logistika muammolari şaroitida qora metallurgiyada xomaşyo bazasini mustahkamlaş, mahsulot turi va sifatini oşiriş har qaçongidan ham dolzarb ekani takidlangan.
Sönggi ön yilda mamlakatda pölat list, navli prokat, quvurlar va metall konstruktsiyalarga ehtiyoj 3 karra ortib, 5,5 million tonnaga yetgan.
Yangi qurilayotgan atom elektr stantsiyasi, Törtinçi mis boyitiş fabrikasi va yangi mis eritiş zavodining öziga 2,5 million tonnaga yaqin pölat list va armatura kerak böladi.
Kelgusi beş yilda 180 milliard dollarlik yangi quvvatlar işga tuşiriladi, 27 milliard dollarlik infratuzilma loyihalari amalga oşirilib, 800 ming xonadonli köp qavatli uy-joylar barpo etiladi. Natijada metall mahsulotlariga yillik ehtiyoj 2030 yilgaça 1,5 barobar köpayib, 8 million tonnadan ortadi.
Davlat rahbari mutasaddilarga uşbu ehtiyoj qaysi quvvatlar hisobidan taminlanişi yuzasidan aniq hisob-kitoblar bölişi zarurligini körsatib ötgan.