USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Apple yana dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi

56 марта
Apple яна дунёдаги энг қиммат компанияга айланди

Apple bozor qiymati böyiça Nvidia’ni ortda qoldirdi va dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Qayd etilişiça, keça, 17 iyul kuni Nvidia aktsiyalari 3,7 foizga pasaygan, oqibatda kompaniyaning bozor qiymati 4,8 trillion dollarga tuşib ketgan. Öz navbatida, Apple aktsiyalari 0,4 foizga ösib, kompaniya kapitalizatsiyasi 4,9 trillion dollarga yetgan.

Nvidia 2025 yilning may oyidan beri birjadagi eng qimmat kompaniyalar reytingini boşqarib kelayotgan edi. Oktyabr oyida uning kapitalizatsiyasi beş trillion dollargaça yetgandi.

“Eng qimmat kompaniyalar röyxatida yetakçining almaşgani investorlar öz etiborlarini Nvidia kabi suniy intellekt (SI) bumining “eng yaqqol naf köruvçilari doirasidan taşqariga” kengaytira boşlaganidan dalolat beradi”, deb qayd etadi “Reuters”. 

Tahlilçilarning sözlariga köra, Apple öz modellarini rivojlantirişga mablağ sarflamagani sababli SI poygasida ortda qolayotgan deb hisoblanar edi, ammo endi “kayfiyat özgardi”.

“Apple xizmatlar, foydalanuvçilarni öz ekotizimiga boğlaş va qurilmalarni yangilaş orqali suniy intellektdan pul işlaş uçun ança qulay pozitsiyaga ega. Qayta baholaş SI bilan boğliq bölgan spekulyativ ösişni emas, balki kompaniya foydasining barqarorligiga bölgan işonçni aks ettiradi”, deydi “BRI Wealth Management”ning investitsiyalar bölimi rahbari Toni Medouz.

Eslatib ötamiz, avvalroq Apple xotira çiplari taqçilligi sabab Mac va iPad qurilmalari narxlarini oşirgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: